MATEMATIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: fizika – matematika fanlari nomzodi

Aliqulov Eshpo’lat Omonovich   

Telefon: (+99891) 472 21 38

Elektron manzili:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Kafedra tarixi

“Matematik analiz” kafedrasi 1982-yilda tashkil etilgan va unda f-m.f.n. E. Eshdavlatov mudirlik qilgan. 1988-yildan 1992-yilgacha  “Matematik analiz” kafedrasida dotsent N. Dilmurodov mudirlik qilgan. 1992-yilda ushbu kafedra mudirligi lavozimida dotsent J.Toshev ishlagan. Shu yili kafedra uchga bо‘linib, “Matematik analiz”, “Algebra va geometriya” hamda “Differensial tenglamalar” kafedralari tashkil etilgan. “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Toshev, “Algebra va geometriya” kafedrasiga dotsent S. Uzoqov, “Differensial tenglamalar” kafedrasiga dotsent J. Oromov mudirlik qilgan.

1995-yilda “Matematik analiz” va “Differensial tenglamalar” kafedralari birlashtirilib, “Matematik analiz”  kafedrasi deb nomlandi. Bu kafedraga 1998-yilgacha dotsent J. Toshev mudirlik qildi. 1998-yildan 2001-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qildi. 2001-yil kafedra mudiri lavozimiga dotsent E. Eshdavlatov tayinlandi. 2005-yilda “Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedralar birlashtirildi va “Matematik analiz va algebra” kafedrasi tashkil etildi.  Kafedraga dotsent N. Sharipov mudirlik qila boshladi. 2008-yildan 2010-yilning iyun oyigacha ushbu kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida f-m.f.n. M. Abulov ishlagan. 2010 yildan to 2014 gacha kafedra mudiri vazifasiga f-m.f.n. A. Imomov ishladi.

2014-yil “Matematik analiz va algebra” va “Umumiy matematika” kafedralari birlashtirildi va “Matematika” kafedrasi tashkil etildi. 2014 yil sentabrdan ushbu lavozimga f-m.f.n. E. Aliqulov saylandi.

Hozirgi vaqtda kafedrada jami 25 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmoqda. Shulardan 8 nafari fan nomzodlari bo’lib, ularning 6 nafari dotsentlar. Kafedra qoshida “Matematika va uni о‘qitishning dolzarb muammolari” nomli ilmiy seminar faoliyat kо‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda kafedrada Rossiya, Ukraina, Germaniya, Vengriya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Ispaniya va Malayziya davlatlari universitet va ilmiy markazlari bilan ilmiy va ta’lim sohasida aloqalar davom etmoqda.

Kafedraning Kasbi kasb hunar kolleji  va Qarshi DU qoshidagi 4-akademik litseylari bilan hamkorlik aloqalari mavjud

Kafedramiz ilmiy hamkorliklardan tashqari Yevropa ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida ham muayyan natijalarga erishmoqda. Hozirda A.Imomov Buyuk Britaniya, Litva, Gretsiya va О‘zbekiston universitetlari hamkorligidagi «Enhancement of Quality Assurance System through professional development of academic leaders» loyihasining Qarshi DU bо‘yicha koordinatori. 

2013-yilning 9-11-may kunlari matematika bo‘yicha fan olimpiadasining II bosqichi Qarshi Davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda kafedramiz iqtidorli talabasi Shaxlo Musurmonova faxrli III o`rinni egalladi.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat                                                                   

  • Matematik analiz               
  • Algebra va sonlar nazariyasi                        
  • Analitik geometriya
  • Chiziqli algebra va geometriya
  • Diskret matematika
  • Differensial geometriya va topologiya
  • Funksional analiz
  • Ehtimollar nazariyasi
  • Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Variatsion hisoblash va optimallashtirish 
  • Matematika tarixi
  • Matematika va informatika o'qitish  usullari
  • Haqiqiy o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Ehtimolliklar nazariyasining zamonaviy usullari
  • Funksional analizning tanlangan boblari
  • Algebraning tanlangan boblari
  • Geometriyaning tanlangan boblari
  • Elementar matematika asoslari
  • Oliy matematika
  • Matematika
  • Maxsus kurs (Matematik fizika tenglamalarining tanlangan boblari)
  • Differensial tenglamalar
  • Matematika fizika tenglamalari
  • Matematika fizika usullari
  • Analizning tanlangan boblari
  • Vektor tenzor analiz

 Magistratura 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • Aliqulov Eshpo'lat Omonovich
  • Abulov Mo`min Orziqulovich
  • Dilmurodov Nasriddin
  • Abduraxmonov Abdimumin
  • Hamrayev Ahror Yusupovich
  • Imomov A’zam Abduraximovich
  • G’ulomov Otabek Xudoyberdiyevich
  • Shodiyev Sa’dulla Yusupovich
  • Abdiraxmonova Ra’no Eshqobilovna
  • Rustamova Mastura Samadovna
  • Yangiboyev Zoyir Shoberdiyevich
  • Jo’rayev Davron Aslonqulovich
  • Jumayev Jaxongir Nafasovich
  • Jo’rayeva Muxayyo Ne’matillayevna
  • To’xtayev Erkin Egamberdiyevich
  • Oqboyeva Nilufar O’roqovna
  • Meyliyev Abror Xo’janazarovich

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

  • Tasodifiy sondagi tasodifiy miqdorlar yig‘indilarining maxsus shakllari va Q-jarayonlar uchun limit teoremalar;

          A.A.Imomov, E.E.To’xtayevlar ilmiy ish olib bormoqda. .

  • Yuqori tartibli differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar;

          M.Abulov va Z.Yangiboyevlar ilmiy ish olib bormoqda.

  • Matematik modellashtirish masalalari;

           R.Abduraxmonova va A.Xurramovlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

  • FM-kubik stoxastik operatorlar;

           A. Xamrayev ilmiy izlanish olib bormoqda.

  • Birinchi tartibli elliptik tipdagi tenglamalar sistemasi uchun Koshi masalasining regulyarizatsiyasi;

           D. Jo’rayev ilmiy izlanish olib bormoqda.

  • Al-Xorazmiy vorislarini izlaymiz nomli masofaviy olimpiada tashkil qilish va uni o’tkazish loyihasi;

         A. Hamrayev, E. Aliqulov, D. Jo’rayevlar ilmiy izlanish olib bormoqdalar.

 

Kafedra manzili: 180103, Qarshi shahri, Ko`chabog’ 17.

JoomShaper