FIZIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: QO‘YLIYEV BAHROM TUXLIYEVICH

fizika–matematika fanlari nomzodi, dotsent

Telefon: +99894 286-83-43

Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  Kafedra tarixi

2014-yilda «Astronomiya va optika» kafedrasi “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi bilan birlashtirilib «Fizika» kafedrasi deb nomlandi. Kafedrada 2 ta professor, 6 ta fan nomzodi, dotsent, 4  ta  katta о‘qituvchi, fan nomzodi, 1 ta katta o’qituvchi va 12 ta assistent о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmoqdalar. Ilmiy salohiyat – 63 %. «Fizika» kafedrasi «5140200 -  Fizika yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada «M5A140202 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha: optika, magnitooptika, molekulyar optika)» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.

Kafedrada о‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida ikkita zamonaviy axborot-kommunikatsiya va multimedia vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud. Kafedraga hozirgi kunda dots. B.T.Qo‘yliyev rahbarlik qilmoqda.

Kafedrada ilmiy saloxiyatni oshirish uchun barcha yosh o`qituvchilar tajribali o`qituvchilar bilan hamkorlikda ishlashmoqda. 5 ta o`qituvchi doktorlik ilmiy ishi ustida ishlamoqda. Prezidentimizning PQ-1533 qaroriga asosan Qarshi davlat universitetida Polimerlar va tabiiy brikmalarni spektroskopik tadqiq etish bo`yicha  - katta ilmiy laboratoriya tashkil etilgan. Spektroskopiya sohasida kafedrada salohiyatli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kafedra O‘zR FA Astronomiya instituti, Kitob kenglik stansiyasi, Samarqand Davlat universitetining "Optika va spektroskopiya" kafedrasi, O’zbekiston Milliy universitetning "Optika va lazer fizikasi" kafedrasi, O‘zR FAning Yadro fizikasi, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, polimerlar fizikasi va kimyosi institutlari va ko‘pgina respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari MDH mamlakatlari Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud. Masalan: Sankt-Peterburg universiteti, Kiyev Milliy universitetlari professorlari bilan hamkorlikda maqolalar chop etilmoqda.

Kafedra qoshida “Yosh fiziklar” to`garagi faoliyat ko‘rsatadi, unga 20 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan.

Kafedrada 7 ta o’quv laboratoriyalar mavjud. Bundan tashqari "Molekulyar spektroskopiya" va geliotexnika sohasi bo‘yicha ilmiy laboratoriya mavjud bo‘lib, unda bakalavr va magistr talabalari o‘zlarining bitiruv malakaviy vа magistrlik dissertatsiyalarini bajarmoqda.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra tashkilotchiligida har 5 yilda Qarshi davlat universitetida Respublika miqyosida «Zamonaviy fizika va astronomiyaning dolzarb muammolari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Masalan, 2005-yilda I va 2010-yilda II Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 2015-yilda III Respublika miqyosida Xalqaro qatnashchilar ishtirokida konferensiya o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 2013/14 o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 1 ta elektron darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monagrafiya muvofiqlashtiruvchi kengash ruxsatnomasi bilan chop etildi. 10-dan ortiq ilmiy maqolalar esa dunyoning nufuzli jurnallarida chop etildi.

Kafedra a’zolari xalqaro, respublika, viloyat va universitet miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib, o’zlarining ilmiy maqolalarini xalqaro va respublikamizdagi nufuzli jurnallarda chop etib kelmoqdalar. Masalan, dots. Qo'yliyev Ukraina davlatining Qrim shahrida har ikki yilda bo’ladigan Хalqaro konferensiyada doimiy ravishda o’z ma’ruzasi bilan qatnashib kelmoqda.  

“Kristallar va molekulalar spektroskopiyasi” XXI xalqaro konferensiya.

 Qrim 2013. 20-27-sentabr. Dotsent B.T.Qo‘yliyev (o‘rtada), Professor A.Koll (o‘ngda, Pol’sha), professor S.F.Bureyko (chapda, Rossiya, Sankt-Peterburg universiteti) 

Konferensiya hayotidan lavhalar

 2015-2017 yillar uchun kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta amaliy loyiha topshirildi.

 Kafedrada fizika- 5140200 Bakalavr yo`nalishi va 5A140202 Magistratura mutaxasisligiga tegishli o‘quv rejalaridagi fanlar o`qitiladi.

 Kafedraning ilmiy darajali professor-o‘qituvchilari: 

  1. B.E. Xayriddinov  T.f.d., professor
  2. A.Q. Tashatov F-m.f.d., professor
  3. B.T.Qo`yliyev F-m.f.n., dotsent
  4. N. Xolmirzayev  T.f.n., dotsent
  5. T.J. Jumayev F-m.f.n., dotsent
  6. T.Ziyoyev T.f.n., dotsent
  7. G.S. Uzoqova P.f.n.. dotsent
  8. SH. Jo`rayev F-m.f.n., dotsent
  9. M. Raxmatov P.f.n., dotsent
  10. B. Maxmatg`oziyev F-m.f.n., dotsent
  11. A.S. Mallayev F-m.f.n., katta o`qituvchi
  12. I.A. Ergashev F-m.f.n., katta o`qituvchi
  13. A.Muxammadiyev F-m.f.n., dotsent
JoomShaper