AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 

Karimov Qayum Mamashayevich

Telefon: (+99891) 257-83-64

Elektron manzili: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedra haqida

Kafedra  1992-yilda fizika-matematika fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraga 2015 yil 2 sentabr oyidan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Karimov Qayum Mamashayevich mudirlik qilmoqda.

Kafedrada 5130200-”Amaliy matematika va informatika”, 5110700-”Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishi bo’yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi. Ayni vaqtda kafedrada 23 ta professor-o’qituvchi, 1 ta kabinet mudiri, 2 ta laborant faoliyat ko’rsatadi. Professor-o’qituvchilardan 1 nafari fan doktori, professor vazifasini bajaruvchi,  2 ta fan nomzodi va dotsent, 3  nafari fan nomzodi, 5 tasi katta o’qituvchi  va 12 nafari assistent-o’qituvchilardir.

Kafedrada universitetning 5130200-”Amaliy matematika va informatika”, 5110700-”Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishiga taalluqli fanlari,  hamda universitetning  barcha yo’nalishlari  uchun ”Informatika” va ”Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari o’qitiladi.   

 

 Ilmiy darajaga ega bo’lgan kafedra professor-o’qituvchilari:

  • Shukurov Omon Musurmonovich f-m. f.d, professor
  • Shoyqulov Abdusamad p.f.n., dotsent
  • Karimov Qayum Mamashayevich, p.f.n., dotsent
  • Eshqorayeva Norxol G’uzorovna, t.f.n., katta o’qituvchi
  • Begmatova Nodira Hakimovna, p.f.n., katta o’qituvchi
  • Xolmurodov Abdulhamid Erkinovich, f-m. f.n., katta o’qituvchi
  • Davlatov Shokir Oltiboyevich, o’qituvchi
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 
  • Ikki bog’lamli sohalarda nostatsionar to’lqin jarayonlarini o’rganish;

  • Noaniq informatsion holatlarda texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish;

  • Informatika fanini o’qitishning dolzarb muammolari.

Birinchi yo’nalish bo’yicha “Akustik, izotropik va g’ovak-izotropik muhitlarda nostatsionar to’lqin jarayonlarini o’rganish” mavzusida 2007-2011-yillar davomida davlat granti bajarildi. Hozirgi kunda kafedrada А-13-38 “Ikki fazali muhit nochiziqli to’lqin dinamikasi uchun to’g’ri va teskari masalalarni nazariy va sonli tadqiq qilish” grant mavzusi bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kafedra qoshida “05.13.18  matematik modellashtirishning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-uslubiy seminar mavjud bo‘lib, unda o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va maqolalar mualliflar tomonidan taqdim etilib muhokama qilinadi va mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiyalari muhokama etilib, himoyaga tavsiya etilmoqda.

Kafedra Rossiya FA ning “Mexanika muammolari” ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA ning “Matematika va informatsion texnologiyalari”, “Mexanika va inshoatlarning seysmik mustahkamligi”, “Seysmologiya” ilmiy tadqiqot institutlari, Moskva aviatsiya instituti, O‘z MU, TATU, TDTU, SamDU, BuxDU hamda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqaga ega.

Kafedra qoshida “Yosh dasturchilar”, “Algoritm”  va “Kompyuter grafikasi va Web-dizayn” to‘garaklari reja asosida faoliyat ko‘rsatib, ularga 30 dan ortiq iqtidorli talabalar muntazam ishtirok etadi hamda talabalarga ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.  

Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ilmiy-texnik ma’lumotlar, innovatsion g‘oyalar va tajriba almashishni tashkil etish, xorijdagi universitetlarning mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlikda seminar va taqdimotlar o‘tkazish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.

Har o‘quv yilida  “Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi talabalari kollej va akademik litseylarda malakaviy pedagogik  amaliyot o‘tadilar. 

JoomShaper