RUS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

Kafedra mudiri v. b.: o'qituvchi

Ubojenko Anna Stanislavovna

Тelefon: (+99890) 638-35-42 

Elektron-manzil:  a.ubojenko@umail.uz

 

 

Kafedra haqida

Rus tili va adabiyoti kafedrasi 1996 yilda tashkil etilgan.

Kafedraning hozirgi tarkibi 19 kishidan iborat bo‘lib, ulardan 1 nafari professor, 6 nafari fan nomzodlari, 6 tasi katta o‘qituvchi hamda 6 ta o‘qituvchidan iborat. Kafedraning ilmiy salohiyati  36,8 % ni tashkil qiladi. Kafedra rus tili adabiyoti buyicha mutaxassislari tayyorlaydi, rus tili fanidan tabiiy va gumanitar fakultetlarda mashgulotlar olib boriladi. 2012 yil aprel oyidan boshlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hamrayeva Yorqinoy Nabijonovna kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Til va adabiyot institutidagi Birlashgan ixtisoslashgan kengashda “O‘zbek tilining ideografik lug‘atini tuzish tamoyillari (harakat va holat tushunchasini ifodalovchi so‘zlar misolida) mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan. 2015 yil yanvar oyidan rus tili va adabiyoti kafedra mudiri vazifasini o'qit. Ubojenko Anna Stanislavovna bajarmoqda.

 

Kafedraning hamkorligi 

  Innovatsion yarmarka davom etmoqda

Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyati davomida O‘zMU, O‘zJTU, ToshDPU, SamDU, SamCHTI, Termiz DU, Farg‘ona DU, shuningdek Rossiyaning MDU, MDPU kabilarda faoliyat yuritayotgan olimlar bilan ilmiy hamkorlik olib bormoqdalar.

Kafedraga Rossiya hamkorligi tomonidan ilmiy va o’quv adabiyotlar bilan ta’minlashda katta yordam ko’rsatilgan. Ular tomonidan 200 dan ortiq darsliklar, o’quv-ko’rgazmalari, audio va video kassetalar va boshqa o’quv-metodik materiallar taqdim etilgan.

Kafedra rus tili va adabiyoti bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bilan birga aniq, tabiiy hamda gumanitar yo‘nalishlarda rus tili fanidan saboq beradi.

Kafedraning ta’lim yo‘nalishlari:

5111300 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti). 

Kafedra ilmiy yo‘nalishl:

«Rus filologiyasining dolzarb  masalalari  va tarjima  muammolari»

Kafedaraning ilmiy-metodik faoliyati

Kafedrada “Rus tili va adabiyoti o‘qitishning dolzarb muammolari va tarjima nazariyasi” mavzusida  ilmiy seminar tashkil etilgan. Kafedra qoshida kompyuter texnologiyasi, elektron doska, multimediya vositalari bilan jihozlangan o’quv-auditoriyasi mavjud.

Oxirgi 5 yillikda kafedra o’qituvchilari tomonidan quyidagi o’quv-qo’llanmalari nashr etildi: Xalilova L.A, Pardayeva D.R Русский язик (gumanitar va tabiiy fanlar fakultetI talabalari uchun) Qarshi 2007; Elmurodova L, Bobonazarova Л Русский язык (gumanitar va tabiiy fanlar fakulteti 1-kurs talabalari uchun) Qarshi 2011; Saidova Z, Saydullayeva R Современный русский язык Qarshi 2012; Xamrayeva Y.N. O’zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Qarshi Nasaf 2013; Халилова Л.А. Репетитор (I-II q). Toshkent Navro’z 2013, 2014; Pardayeva D.R Практикум по русской литературе и выразительному чтению (I-II q) Qarshi 2013, 2014; Элмуродова Л.Н. O’zbek tilining funksional-semantik maydoni. Toshkent Vektor-press, 2013.

Kafedraningilmiy-tadqiqotishi

Oxirgi 2 yil ichida quyidagi monografiyalar chop etilgan: Hamrayeva Y.N Fe’llar misolida ideografik lug’at tuzish. Toshkent. Fanvatexnologiya, 2014; Jo’rayevD.U. Turkistonda 19 asrning ikkinchi yarmi 20 asrning boshlarida xalq ta’limi sistemasini boshqarishni tashkil etish tarixidan. Toshkent. Fan 2014; Elmurodova L.N. Belgi darajasining mikromaydoni. Qarshi. Nasaf 2014. Kafedra a’zolari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar xalqaro, respublika va oliy ta’lim jurnallari va to’plamlarida  nashr etilgan. Kafedra o’qituvchilari Jo’rayev D.U.  Hamrayeva Y.N doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqdalar.

Kafedraning innovatsion loyihalarda ishtiroki
Dotsent Jo’rayev D.U “QPD: Ta’lim sifatini professional akademik tarkib rivoji vositalari bo’yicha ta’minlash” loyihasi bo’yicha Yevropa «Темпус-4» “QPD” dasturida ishtirok etgan. Ushbu loyiha uch yil davomida 2012 yildan 2014 yilgacha davom etgan. Loyiha doirasida dots.Jo’rayev D.U Londonning Metropolitan universitetida malakasini oshirgan.

Mazkur yo‘nalishlarda quyidagi fanlar o‘qitiladi:

Bakalavriat       

  • Rus tili va adabiyoti o‘qitish nazariyasi va metodikasi                     
  • Rus tili tarixi.
  • Hozirgi rus tili
  • Umumiy tilshunoslik
  • Russkaya dialektologiya.
  • Rus va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi.
  • Rus adabiyoti tarixi.
  • Hozirgi rus adabiyoti.
  • Adabiyotshunoslikka kirish.
  • Adabiyot nazariyasi.
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti.
  • Jahon adabiyoti tarixi.
  • Rus tili va adabiyoti o‘qitishning innovatsion texnologiyalari.
  • Maxsus filologik kurslar.
  • Tanlov fanlar.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari: 

  • Ubojenko Anna Stanislavovna -  o’ qituvchi kafedra mudiri v.b.
  • Elmuradova Laylo Normuratovna - f. f.n dotsent, 
  • Hamrayeva Yorqinoy Nabijanovna – f. f.n., dotsent, 
  • Kurasova Nina Vasilyevna - f. f.n., dotsent
  • Mirzayeva Klara Temirovna - f. f.n., dotsent
  • Muratov Bahodir Muradovich - p. f.n., dotsent
  • Djurayev Dusmurod Uralovich - p. f.n., dotsent
  • Xalilova Luiza Adilovna -  katta o’ qituvchi
  • Milovanova Yelena Valeryevna - katta o’ qituvchi
  • Sulaymanov Bahodir Kurbanovich - katta o’ qituvchi
  • Pardayeva Dilfuza Raimovna - katta o’ qituvchi
  • Bazarova Nodira Shamsiyevna -  o’ qituvchi
  • Saidova Zuxra Xudoynazarovna -  o’ qituvchi
  • Saydullayeva Ra’no Ibatovna -  o’ qituvchi
  • Yuldasheva Lola Kuldashevna -  o’ qituvchi
  • Yuldasheva Laylo Ulugbekovna -  o’ qituvchi
  • Hamrayev Dilshod Xamdamovich -  o’ qituvchi
  • Tursahatov Erkin Elmuradovich -  assistent o’ qituvchi
  • Karimov Bolta Pattayevich - o’ qituvchi
  • Azizova Nasiba Bahriddinovna - o’ qituvchi

Kafedra manzili: Хorijiy tillar  fakulteti binosi. 1-qavat, 9-xona.

JoomShaper