Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi

Kafedra mudirasi: katta o'qituvchi 

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi

Qo`shayeva Gulchehra Satimovna

Telefon: (+998 90) 721-05-06

Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 Kafedra haqida

2001 - 2002 oquv yilidan boshlab universitetga fransuz tili yo’nalishi bo’yicha talabalar qabul qilindi va ”Fransuz tili” bo’limi tashkil etildi.

2014 yil fevral oyidan “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi alohida kafedra shaklida tashkil etildi. Unga katta o’qituvchi G.Qo’shayeva mudirlik qilmoqda.

Kafedrada 1 nafar siyosiy fanlar nomzodi, katta o’qituvchi, 3 nafar katta o’qituvchi va 7 nafar assistent o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 11%.

Kafedra  professor – o’qituvchilari o’z ilmiy salohiyatlari va malakalarini oshirish ustida doimiy ish olib boradilar. Ular turli yillarda respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlarida o’z malakalarini oshirganlar.

Jumladan, G.Qo’shayeva Xitoyning Shanxay universitetida va Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, K.Baratova Xitoyning Shanxay universitetida, T.SHermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayevlar Fransiyaning IMEF institutida, A.Zoirova Fransiyaning La Roshel shahridagi SEMEA o‘quv markazida va 2013 yilda Bezanson shahridagi SLA o‘quv markazida o‘z malakalarini oshirib qaytganlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ - 1875 - son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning fransuz tilini chuqurroq o’rganish va darsdan bo’sh vaqtlarini unumliroq o’tkazish maqsadida kafedra qoshida “Yosh tarlimon” to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda.

2013 yilning 20 - 24 may kunlari Qarshi davlat universitetida ham ilk marotaba 25 soatlik seminar tashkil qilindi. Seminar – treningda respublikamizdagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 80 nafar fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishdi.

Mashg‘ulotlar Fransiyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan taklif qilingan bir guruh mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Universitetimizga 2001 yilda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jan Klod Rishar janoblari, 2013 yil 20 mayda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fransua Gotye janoblari tashrif buyurishgan.

Joriy yilda elchixona tomonidan o‘tkazilgan “Frankofoniya kuni” bayramiga bag‘ishlangan tanlovlarda, “Teatr festivali” tanlovida, “Yevropa tillari kuni” bayramiga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovlarida iqtidorli talabalarimiz Farhod Mustafaqulov, Malika Murodova va Dilafro‘z Jabborovalar faol ishtirok etishdi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

“Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasining yutuqlaridan yana biri 2016 yil 18 mart kuni kafedra katta o‘qituvchisi Zoirova Aziza Ibragimovna Fransiya davlatining “Akademik Pal’ma” ordeni bilan mukofotlandi.

Kafedra Fransiyaning IMEF instituti, Fransiyaning Bezanson shahridagi SLA o‘quv markazi, Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Fransiya instituti va Respublikaning qator oliy o’quv yurtlari turdosh kafedralari, O’z.MU, O’z.DJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy  - uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalari o’rnatgan.

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar:

5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo’nalish bo’yicha hozirda 82 nafar talaba tahsil olmoqda.200 nafardan ortiq talaba fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida, 500 nafardan ortiq boshqa yo‘nalishdagi talabalar chet tili sifatida o‘rganmoqda.

Kafedra ilmiy yo’nalishi: «Fransuz tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o’quv uslubiyati».

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriyat

  • Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
  • Til ko‘nikmalari integratsiyasi
  • O‘qish va yozish amaliyoti
  • Til aspektlari amaliyoti.
  • Tilshunoslik
  • Til sath(yarus)larini o‘qitishga kommunikativ yondashuv
  • Jahon adabiyoti
  • Diskurs analiz
  • Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi
  • Leksikologiya va stilistika
  • Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi
  • Nazariy grammatika va fonetika.
  • Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
  • Qiyosiy tipologiya
  • O‘rgan.til naz.grammatikasi
  •  Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • Ikkinchi chet tili.
  • Fransuz tili.(Fakultetlararo)

Magistratura

  • Amaliy chet  tili

 Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi: 

  • Qo‘shayeva Gulchehra Satimovna – k.o’qit., kafedera mudiri.
  • Jo’raqobilova Hamida Xolmatovna – s.f.n., katta o’qituvchi.
  • Bo’riyeva Farog’at Baratovna – katta o’qituvchi.
  • Zoirova Aziza Ibragimovna – katta o’qituvchi.
  • Sultonova Inobat Usmonovna - o’qituvchi.  
  • Badalov Abdug‘ani Abdullayevich - o’qituvchi.  
  • Hayitov Chorshami - o’qituvchi.  
  • Hamzayev Hasan Rajabboyevich - o’qituvchi.  
  • Miyassarov Eldor Amanovich - o’qituvchi.  
  • Baratova Klara Xolmanovna - o’qituvchi.
  • Asadov Mahmadiyor To’rayevich  - o’qituvchi.

 Frankofoniya kunida “Xa men fransuz tilida gapiraman” festilvali

Frankofoniya kunida “Xa men fransuz tilida gapiraman” festilvalida taqdirlash

Fransiya elchixonasida qabul


Innovatsiya yarmarkasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Toshkent

Kafedra manzili: Xorijiy tillar fakulteti, 2- qavat, 24-xona.

JoomShaper