NEMIS TILI KAFEDRASI

Kafedra mudiri v.b.: Mahmudov Alisher Yo’ldoshevich

Telefon: (+99891) 635-31-11

Elektron manzili:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedra haqida

 

1965 yili Qarshi davlat pedagogika institutida Xorijiy tillardan yuqori malakali mutaxassislar tayorlash maqsadida ingliz, nemis filologiyasi bo’limlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish uchun va Respublikamiz janubidagi ilmiy salohiyatni (nemis tili va adabiyoti bo’yicha) birlashtirish uchun xorjiy tillar kafedrasi bazasidan nemis filologiyasi mustaqil kafedra sifatida 1967 yilda ajralib chiqdi.

 

Kafedraga  1970-1972 yillarda katta o’qituvchi Sh.Abdunazarov, 1973 yildan 1975 yilgacha katta o’qituvchi L.Kojenkova, 1976 yildan 1990 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Elmurodovlar rahbarlik qilganlar. Kafedraga 1990 yildan 2009 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent G’.Xo’jayev, 2009 yildan 2014 yilgacha filologiya fanlari nomzodi, dotsent K.Marqayevlar mudirlik qilgan.

 

Kafedrada 2 nafar dotsent, 4 nafar katta o’qituvchi va 19 nafar assistent o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 10%.  

 

Kafedra professor–o’qituvchilari Respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlarida o’z malakalarini oshirib qaytdilar. 2007 yilda G.Sodiqova O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Iste'dod" jamg'armasi granti sohibasi bo'lib Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida, shuningdek 2010 yilda G.Sodiqova Germaniyaning Frankfurt shahrida, A.Maxmudov Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, 2010 yilda dotsent G.Xo’jayev, o’qituvchi A.Mahmudov Xitoyning Shanxay universitetida, 2011 yilda A.Axmedov Berlin Gyote institutida, 2013 yilda kafedra o’qituvchilaridan Sh.Kuvanova Germaniyaning Shvebish Hal Gyote institutida, N.Mahmudova Berlin Gyote institutida o’z malakalarini oshirib qaytdilar.

Kafedra Germaniyaning DAAD, Gyote instituti Toshkent filiali bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan bo’lib, ular bilan hamkorlikda tashkil etilgan turli mavzudagi seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda..

Kafedra dotsenti M.S.Qiyomovaning 5-sinflar uchun yaratilgan nemis tili darsligi, o’qituvchilar uchun  metodik qo’llanmasi yana qayta nashr etildi va oliy o’quv yurtlarining nofilologik fakultet talabalari  uchun yaratilgan ”Deutsch” nemis tili darsligi yaratildi. Kafedra katta o’qituvchisi Sh.Kuvanovaning abituriyent loyihasi bo’yicha ”Nemis tilidan leksik  minimum” o’quv qo’llanmasi, test to’plami, ”Nemis tili grammatikasidan universal qo’llanma”, ”Nemis tili  ma’lumotnoma”, ”Nemis tilida qo’shma gaplar tahlili”, "Nemis tili grammatikasidan universal qo'llanma", "Nemis tili fanidan mukammal qo'llanma" kabi o’quv qo’llanmalari  nashr etildi. Kafedra o’qituvchilaridan A.Maxmudovning ”Lessing ijodida Sharq madaniyati talqini” monografiyasi, A.Mahmudovning ”Nemischa-o’zbekcha tematik lug’at” o’quv qo’llanmasi, K.Marqayev va N.Maxmudovalar hamkorlikda yaratgan uch tilli ”Sprichworter, Пословицы, Maqollar” qo’llanmasi,  N.Ishanqulova hamkorlikda chop ettirgan nofilologik fakultetlar talabalari uchun yaratilgan ”Nemis tili” darsligi, Yu.Raximova, M.Shirovalarning filologiya fakulteti talabalari uchun yaratilgan ”Deutsche Topics” qo’llanmalari bugungi kunda kafedradagi ilmiy, ilmiy-uslubiy islarning yuqori saviyada olib borilayotganligidan darak beradi. 

Kafedra Respublikaning qator oliy o’quv yurtlari turdosh kafedralari, O’zbekiston milliy universiteti, OzDJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. 

M. S. Qiyomovaning 2011 yil ”Noshir” nashriyotida chop etilgan ”Deutsch” nemis tili darsligi 2014 yilda e’lon qilingan ”Yilning eng yaxshi darslik muallifi” nominatsiyasi bo’yicha 2- o’rinni olishga muvofiq bo’ldi. 

Nemis tili yo’nalishi IV-kurs talabasi Shaxnoza Nazarova ”A. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi” sohibasi bo’ldi. III- kurs talabasi Yovqochdiyev Yahyo Germaniyada  bir oylik stipendiyali o’qish grantini qo’lga kiritdi va o’qib sertifikat olib keldi. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi  Kuvanova Shahnoza tarjimonlik bo’yicha  Gernaniyada o’tkazilgan bir haftalik seminarda ishtirok etdi. 

Kafedra ilmiy yo’nalishi: Nemis tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o’quv uslubiyati”. 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar:

5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili) yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo’nalish bo’yicha hozirda 87 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar: 

Bakalavriat

  • Asosiy o‘rganilayotgan til. (Til ko‘nikmalari integratsiyasi)
  • Asosiy o‘rganilayotgan til. (O‘qish va yozish amaliyoti)
  • Til amaliyoti aspektlari.
  • Tilshunoslik asoslari.
  • Adabiyotshunoslikka kirish.
  • Nazariy fonetika.
  • Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari.
  • Diskurs analiz.
  • Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi  I.
  • Asosiy o‘rganilayotgan til. (Leksika)
  • Leksikologiya.
  • O‘rganil. til filologiyasiga kirish.
  • Mamlakatshunoslik.
  • O‘rganilayotgan til tarixi.
  • Stilistika va matn tahlili.
  • Adabiyot nazariyasi.
  • Nemis  adabiyoti.
  • Nemis  tili o‘qitish metodikasi.
  • O‘qituvchi nutq madaniyati.
  • Umumiy tilshunoslik.
  • Qiyosiy tipologiya.
  • O‘rgan.til naz.grammatikasi.
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti.
  • Ikkinchi chet tili.
  • Nemis tili.(Fakultetlararo) 

 Magistratura 

  • Amaliy chet  tili 

 Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi: 

  • Xo‘jayev  G‘ulom  Kamolovich             f.f.n.dotsent.
  • Marqayev Komil Sherqulovich             f.f.n. katta o’qituvchi
  • Qiyomova   Mahbuba  Sultonovna       universitet dotsenti
  • Mahmudov  Alisher  Yo‘ldoshevich      kafedra mudiri v.b., kat. o’qituvchi
  • Rahimova  Muyiba  Temirovna            kat. o’qituvchi
  • Sodiqova  Gulchexra  Rahmonovna    kat. o’qituvchi
  • Kuvanova  Shahnoza  Omonovna       kat. o’qituvchi
  • Ahmedov  Anvar   Botirovich               kat. o’qituvchi
  • Mahmudova  Nigora  Baxromovna      o’qituvchi
  • Rahimova   Yulduz   G‘aniyevna         o’qituvchi
  • Muqimova  Dilafruz  Sherboyevna       o’qituvchi
  • Ashurova   Shahnoza   Shovkatovna   o’qituvchi
  • Xoliyorov   Xolbek   Murodovich           o’qituvchi
  • Aymatova   Gulchehra   Bozorovna     o’qituvchi
  • Ro‘ziyeva  Julyetta  Elmurodovna        o’qituvchi
  • Nazirova  Ulg‘uza  Nasriddinovna        o’qituvchi
  • Ergashev  Alisher Usmonovich            o’qituvchi
  • Eshmurodov Ural Xo‘janovich              o’qituvchi
  • Ishanova Saule Ilyasovna                    o’qituvchi
  • Husanova Zamira Xushvaqtovna         o’qituvchi
  • Murtozayev Elyor Nizomiddinovich      o’qituvchi
  • Murodova Taxmina Baxtiyorovna        o’qituvchi
  • Omonov Shuxrat                                  o’qituvchi
  • Polvonova Ra’no Mamatqulovna         o’qituvchi
  • Bozorov Orif Chamanovich                  o’qituvchi

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedra katta o’qituvchisi G.Sadikova O'zDJTUda "Tarjimada qahramon ruhiy olamini qayta yaratish muammosi" mavzusida, o’qituvchilar A.Axmedov Samarqand davlat chet tillar instituti   professori A.M.Bushuy ilmiy maslahatchigida “Hozirgi nemis tili leksikasida innovatsion jarayonlar”, A.Maxmudov Samarqand davlat chet tillar instituti  professori M.Xolbekov ilmiy rahbarligida “G.E.Lessing ijodida G’arb va Sharq voqyeligining mushtarak talqini” mavzusida, Sh.Kuvanova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori X.Raximov rahbarligida “Nemischa-o’zbekcha leksikografiya tarixi, tahlili va tasnifi” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 

Kafedrada tayyorlanadigan ilmiy-uslubiy ishlar: 

  • G.Sadikova - ”Ich spreche deutsch” o’quv qo’llanma.
  • G.Sadikova - ”Nemis tili darslarida o'yinlarning roli” o’quv qo’llanma.
  • Sh.Quvonova - ”Nemis tilida qo’shma gaplar” o’quv qo’llanma.
  • A.Mahmudov -  ”Nemischa-o’zbekcha tematik lug’at” o’quv qo’llanma.
  • Sh.Kuvanova - “Nemischa-o’zbekcha o’quv lug’at” o’quv qo’llanma.
  • M.Kiyamova - “Lehrerhandbuch” o’qituvchilar uchun metodik o’quv qo’llanma. 



Dars jarayonida

Germaniyalik mutaxassislar bilan  hamkorlik

Kafedra manzili: Xorijiy tillar fakulteti, 1-qavat, 15-xona

JoomShaper