XORIJIY TILLAR FAKULTETI

FAKULTET TARIXI

Qarshi davlat pedagogika institutida 1965-yilda xorijiy tillar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz va nemis tili ixtisosligiga talabalar qabul qilindi va chet tillar bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim  vazirligining 1968-yil 4-dekabrdagi 526-sonli buyrug‘iga muvofiq mazkur bo‘lim “Chet tillar” fakultetiga aylantirildi. Qarshi davlat pedagogika institutiga 1992-yilda Universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet  “Xorijiy tillar ” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tuzilmasida (2011-yil) Roman-german filologiyasi, 2014 yil 30 iyunda universitet fakultetlari va kafedralari yangi tuzilmasi qayta tasdiqlanishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 8 iyuldagi qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o`zgartirildi.

Fakultet ma'muriyati:

Xorijiy tillar fakulteti dekani 

 Xamrayeva Yorqinoy Nabijonovna k.f.n, dotsent

 Qabul vaqti: Har Juma 8:00 dan 17:00 gacha

 Telefon: (+99891) 321 41 90

 E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Bozorov Orif Chamanovich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har Juma 8:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99893) 930 70 67

E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

     

 

Fakultet dekanining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Daniyeva Maysara Djamalovna, o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har Chorshanba 8:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99891) 213 01 09

E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 


F
akultet dekanining ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Omonov Shuxrat

Qabul vaqti: Har kuni  14:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+99897) 311 26 86

E-mail:  omonovsh@umail.uz

                                                              


FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv – uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron  majmualar axborot  resurslari markazi, Ziyo NET va boshqa saytlarga joylashtirib borilmoqda. Professor – o‘qituvchilar tomonidan oxirgi uch yilda  3 ta darslik, 4 ta monografiya, 25 ta o‘quv qo‘llanma, 23 o‘quv –uslubiy qo‘llanma, 150 dan ortiq maqolalar nashr etildi.

T/r

Kafedralar nomi

Darsliklar soni

O‘quv-qo‘llanmalar soni

Monografiyalar soni

1

 Ingliz tili va adabiyoti

-

10

1

2

 Rus tili va adabiyoti

-

9

1

3

 Nemis tili va adabiyoti

3

8

1

4

Fransuz tili va adabiyoti

 

3

1

5

 Fakultetlararo xorijiy tillar

-

7

1

Fakultetdagi kafedralar  mutaxassislari “Shurtangaz”, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Tallimarjon GRESi, Koson yog‘ ekstraksiya zavodi, Qarshi  Termoplast, “Ko‘kdumaloq- Gaz” kabi sanoat korxonalari qurilishida tarjimonlik qilish bilan birga, texnik hujjatlarni tayyorlashda faol ishtirok etdilar. 

Xorijiy tillar  fakultetining xalqaro aloqalari  mustaqillik yillarida, ayniqsa, keng quloch yoydi. Shu  bois fakultetga chet ellik mutaxassislar ham  tez-tez kelib turadilar. 2010-yildan beri  Koreyaning “KOIKA” tashkiloti ko‘ngillilar dasturi asosida tashkil etilgan “koreys tili”ni o‘rgatish kursini   oxirgi ikki yilda Park Jen Ge Un va Leye Jeong Yun olib bormoqdalar. Fakultet professor – o‘qituvchilari  xalqaro loyihalarda muntazam ishtirok etib, bir necha grant sohiblari bo‘lishdi. Rus tili va adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi D.U.Jo'rayev  “Tempus ” loyihasining “Akademik liderlarning professionalligini rivojlantirish yordamida ta’lim sifatini oshirish” dasturi granti sohibi  bo‘ldi. Fakultet professor – o‘qituvchilari jahonning nufuzli ta’lim muassasalarida malaka oshirganlar. Dotsent G.K.Xo‘jayev Germaniyaning Berlin, Erfurt va Muyunxen shahridagi Gyote – institutida, M.Choriyev, V.Jumanov, A.Aliqulov, P.Qurbonov, D.Ochilova, N.Jumayeva London Metropoliten va Shimoliy London universitetlarida, G.Qushayeva, G.Sodiqova Xitoyning Shanxay universitetida, G.Qushayeva, M.Doniyeva, A.Mahmudovlar Germaniyada, dots. G‘. Xo‘jayev o‘qituvchilar K.Baratova, A.Mahmudovlar Xitoyning Shanxay universitetida malaka oshirdilar. 

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi va chet ellardagi ta’lim muassasalar bilan, jumladan, O‘zMU, O‘DJTU, SamDCHTI, BuxDU va boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda Berlindagi Gumboldt universiteti,  Myunxendagi Gyote instituti, Shimoliy London universiteti bilan ilmiy-madaniy hamkorlik qiladi. Xalqaro aloqalarni kengaytirish natijasida Roman-german filologiyasi kafedrasi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Gyote instituti, DAAD (nemis akademik almashuv xizmati)dan 2 million so‘m miqdorda, Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasidan 1,5 million so‘m miqdorda, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Buyuk Britaniya kengashidan 2 million so‘m miqdorda, Rus filologiyasi kafedrasiga Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan 2 million so‘m miqdorda o‘quv adabiyotlar keltirildi.

Fakultetga 1992-yilda Irlandiyalik Eduard Kaalm, 1993-yilda Daniyalik olima Monika Petersen, 1998-yil Germaniyaning Gamburg universiteti professori Shaumberg, 2002-yil doktor Xaynrix Shule rahbarligida Germaniyaning Xoxenxaym universiteti olimlari, aspirantlari, magistrlari, 2002-yilda avstriyalik mutaxassislar Elke va Martin Guzenbauerlar, 2003-yilda DAADning mintaqaviy rahbari doktor Eva Portius, 2004-yilda Germaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimi O‘ta Ryorber, 2005-yilda DAAD rahbari Matias Klingenberg, 2007-yilda Manya Husner, 2008-yilda Otto fon Bismark fondining ilmiy xodimi doktor Rayner Bendik, 2009-yilda Koreya elchixonasi xodimi Kim Dong Xo va Shin Liliana tashrif buyurdilar. 

Xorijiy tillar fakultetida 904 nafar talaba tahsil oladi va quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriyat

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili);

  • 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili);

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili);

  • 5111300 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti);

  • 5111300 – Rus tili adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda);

 Magistratura

  • 5A120102 – Lingvistika (ingliz tili)

 Hozirgi paytda fakultetda 106 nafar professor-o‘qituvchi: shundan 2 nafari fan doktori, professor; 14 nafari fan nomzodi, dotsent; 25 nafar katta o‘qituvchi, 65 nafar assistent-o‘qituvchilar 904 nafar talabaga ta’lim tarbiya berib kelmoqda.

 Fakultet kafedralari

 Fakultetda bugungi kunda 5 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi: 

  • Ingliz tili va adabiyoti

  • Fakultetlararo xorijiy tillar

  • Rus tili va adabiyoti

  • Nemis tili va adabiyoti

  • Fransuz tili va adabiyoti

JoomShaper