01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Xalqaro aloqalar bo'limi

Bo'lim boshlig'i:

Azizova Nasiba Baxritdinovna

Tel./faks: (8 375) 225-57-01

Elektron manzili: azizovanasiba@umail.uz                                                                                       

 

 

 

 

Xalqaro aloqalar bolimi 1992 yilda tashkil etilgan bo`lib, uning maqsadi: 

  • Xalqaro aloqalarni rivojlantirish orqali universitetda ta`lim sifatini oshirish orqali zamonaviy o’quv jarayonini tashkil etish, universitetini respublika oliy o’quv yurtlari orasida yetakchilar qatoridan o’rin olishiga ko’maklashishdir. 

Xalqaro aloqalar bo’limi universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo'yish, eng so’nggi o’quv va ilmiy tajribalarni o’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va o’qituvchi-xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo’limdir. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bo’lim universitetda Xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan. 

Xalqaro aloqalar bo‘limining vazifalari: 

  • Universitet bilan xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o’rtasida o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish;
  • Universitetga tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va hamkor vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
  • Universitet ilmiy tadqiqotchilari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari, professor va o’qituvchi xodimlari, talabalari uchun ta’lim grantlari va ilmiy tadqiqotlari uchun fond mablag’larini olish uchun tanlovda ishtirok etishlariga ko’mak berish va ularni muvofiqlashtirish;
  • Universitet professor-o’qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilari, mustaqil izlanuvchilarni, katta ilmiy xodimlarni chet el xizmat safarlariga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ko’mak berish va muvofiqlashtirish;
  • Universitet professor-o’qituvchilari, katta ilmiy xodimlarn va mustaqil izlanuvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE`DOD” jamg’armasi va boshqa xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlariga tavsiya etish;
  • O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari bilan munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish. 

Xalqaro aloqalarning ustuvor yo`nalishlari: 

  • universitet professor-o'qituvchilari, doktorantlar malakasini oshirish;
  • ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish;
  • xorijning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik o`rnatish;
  • xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
  • xorijiy OTMlardan yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislarni ma'ruza o'qish uchun taklif qilish;
  • imzolangan shartnomalar doirasida turli muddatli xorijiy safarlar tashkil etish;
  • xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil qilish;
  • O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan elchixona va vakolatxonalar bilan ta'lim sohasida do'stona aloqalar o'rnatish va boshqalar.