0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Korrupsiya-taraqqiyotni izdan chiqarguvchi salbiy illatdir

Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi,

bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qur’oni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. Korrupitsiya bu ijtimoiy illat bo‘lib, millatni ich-ichidan yemiradigan, insonni o‘ziga jalb etgani holda insoniylikdan chiqarishga, xalqni tubanlashtirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Shuni e’tirof etish kerakki, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda “Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir”. Shu nuqtai nazardan yurtboshimiz rahbarligining dastlabki yillaridayoq korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jumladan, 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiya qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli qonun qabul qilinganligi fikrimizning isbotidir. Ushbu qonun bilan korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, ushbuborada faoliyat olib boruvchi davlat tashkilotlari ko‘rsatib berildi, bir so‘z bilan aytganda korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni to‘la va har tomonlama tartibga soldi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ta’lim sohasini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish dolzarb vazifa etib belgilandi. Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yildi. Boisi, har qanday davlatda kechayotgan islohotning muvaffaqiyati birinchi galda ta’limga bevosita bog‘liq. O‘z tafakkuri ila jahon ilm ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz kelajagiga daxldor sifatida korrupsiya balosiga qarshi birgalikda kurashsak o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk maqsad, ya’ni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

 

Bahodir Shoimqulov

Qarshi davlat universiteti rektori

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________