0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Tilga e’tibor, elga e’tibor!

Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz
Alisher Navoiy 

“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir”.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 4-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi (1989-yil 21-oktabr) Qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qarorda qayd etilishicha, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida - davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.

21-oktabr O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan 2019-yil 17-oktabr kuni 3-talabalar turar joyida Amaliy matematika kafedrasi o‘qituvchilari Z.Qurbonov, R.Pirova va F.Qlichevalar rahbarligida fakultetda tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirokida “Til – ma’naviyat xazinasi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bu yil 30 yil to‘lgani, olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar, ilmiy izlanish va tadqiqotlar samarasida ona tilimiz yanada boyib, sayqallanib, dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzi oshib borayotgani haqida gapirib o‘tdi.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti O.Shukurov talaba-yoshlarga “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy, ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi. Yakunda kafedra tomonidan talabalarga atoqli shoir Muhammad Yusufning she’riy kitoblari sovg‘a qilindi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________