0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

QarDU professor-o‘qituvchilari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

2019-yil 16-17 oktabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, buyuk fiziolog olim K.R.Rahimovning 90 yilligiga bag‘ishlab “Oziq-ovqat xavfsizligi: Milliy va global omillar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida Xitoy, Rossiya, AQSH, Italiya, Bolgariya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi xorijiy davlatlardan 10 dan ortiq soha mutaxassislari, jumladan, BMTning “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi” tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul xodimi Guxer Shunger, Italiyadan BMT “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘yicha katta maslaxatchisi D.Kinlay, AQShning “VetVittles” kompaniyasi rahbari, akademik E.G.Gurman, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi L.Gromova, BMTning “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi” tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Alisher Shukurov va boshqalar ishtirok etdi. Anjumanda oziq-ovqat xavfsizligining milliy va xalqaro meyorlari, mahsulotlarning sifati, qayta ishlash va ozuqalarni biologik qiymatini saqlash masalalari, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligi muhokama qilindi. Qarshi davlat universiteti professori Sh.Qurbonov mazkur anjumanda qatnashib, “Ilmiy asoslangan ovqatlanish madaniyatini targ‘ibot qilish inson sihat salomatligini muhofaza qilishda muhim tadbir” mavzusida ma’ruza qildi. Ilmiy anjumanda, shuningdek Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan Zoologiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n. A.Qurbonov, dotsent O.Karimov, o‘qituvchi N.Qiyomova va 2-bosqich magistrantlari Sh.Iskandarova, D.Sultonovalar ham ishtirok etishdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________