0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Muammolarni bartaraf etib maqsadga erishing

Joriy yilning 10-oktabr kuni “Butunjahon psixik salomatlik kuni” hamda “Psixologlar kuni” kuni munosabati bilan Qarshi davlat universitetida “Muammolarni bartaraf etib maqsadga erishish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor J.Shonazarov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi a’zolari, Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Seminar-treningni universitet psixologi A.Husanov va ART-terapevt, intuitsiya orqali kuchli his qiluvchi, 12 yillik tajribaga ega, Amerika, Germaniya, Ispaniya, Turkiya kabi xorijiy davlatlarda tajriba oshirgan psixolog Sh.Mo‘minov olib bordilar.

Seminar-trening davomida muammoga yengil qarash usullarini, muammoni muammo emas vazifa sifatida qabul qilishni, orzu qilish texnikasi, meditatsiyalar orqali shaxs ruhiyatini tinchlantirish, asab hujayralarini tiklash, oilada, ishda va ko‘chadagi yomon munosabatlarga qanday barham berish kerakligini, odamlarni boricha qabul qilishni va erkin bo‘lishni hamda muammolarni borliqqa topshirib, ulardan xalos bo‘lish usul, vositalari va texnikasi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________