0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Janubiy koreyalik mutaxassis maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga saboq beradi

Qarshi davlat universiteti Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, shu kunga qadar koreys tili va tasviriy san’at kabi soha bo‘yicha bir nechta ko‘ngillilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Joriy yilning 3 iyul sanasidan boshlab keyingi ikki yil davomida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining hamkorlik taklifiga binoan Janubiy Koreyadan maktabgacha ta’lim mutaxassisi Li Yongil volontyor sifatida faoliyat yuritish uchun tashrif buyurdi. Li Yongil maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha Janubiy Koreyaning Xanyang universitetida tahsil olgan, PhD ilmiy darajasiga ega, va  uzoq yillar davomida Janubiy Koreya Xanyang universitetida maktabgacha ta’lim mutaxassislarini tayyorlash borasida faoliyat yuritgan. AQShdagi American  Montessori Society (AMS)ning Montessori kursida malaka oshirib, bolalarni aqliy va emotsional rivojlantirish borasida izlanishlar olib bordi.  

Bugungi kunda Qarshi davlat universitetida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini Janubiy Koreya maktabgacha ta’lim sohasi yutuqlari hamda Montessori metodikasi bilan tanishtirish maksadida mashg‘ulotlar olib borayapti. Talabalar bilan olib borilgan ma’ruza mashg‘uloti tinglovchilarda juda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu bilan birga maktabgacha ta’lim mutaxassisligi magistrantlari, ilmiy izlanuvchilar hamda  soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Li Yongil kelgusida maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislariga bolalarni emotsional va aqliy rivojlantirish maqsadida Montessori metodikasi asosida mashg‘ulotlar tashkil etish borasida metodik yordam berishni maqsad qilgan.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________