0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

2019 yil 25 iyulidan respublikadagi 31 ta OTMda qabul test sinovlarisiz abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. 

2019/2020 o‘quv yili uchun O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan 122 ta ta’lim yo‘nalishida qabul test sinovlarisiz kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali amalga oshiriladi. 2019/2020 o‘quv yili qabulida Qarshi davlat universitetida jami 49372 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan: 44676 nafar abituriyent Qarshi davlat universitetini, 4696 nafari boshqa OTMlarni tanlagan. Qarshi davlat universitetini tanlagan abituriyentlarning 24899 nafari kunduzgi ta’lim shakliga va 19777 nafari sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, joriy yilning 25 iyul sanasidan boshlab Qarshi davlat universitetining musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun  kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Universitet Pedagogika fakulteti binosida musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar cholg‘u ijrochiligi va xonandalik hamda musiqa nazariyasi(solfedjio) fanlari doirasida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar qalam tasvir, chizmachilik, rangtasvir fanlari bo‘yicha ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishmoqda.

Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar ham 3 bosqichda ya’ni, yengil atletika, sport o‘yinlarining basketbol va voleybol sport turlari bo‘yicha, gimnastika sport turi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishadi. Shu kuni Qarshi shahridagi Dinamo o‘yingohida dastlab yengil atletikaning 100 va 1000 metrga yugurish turi bo‘yicha imtihonlari boshlandi. Bevosita jarayonlarni jamoatchilik nazoratida oshkora va shaffof tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Universitet Pedagogika fakulteti binosida barmoq izini aniqlovchi skaner qurilmasi o‘rnatilgan. Imtihonlarda deputatlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishmoqda. Shuningdek, videokuzatuv namoyishi tashqariga uzatilib ota-onalar kutish joylarida bevosita ijodiy imtihon jarayonlarini monitorlarda to‘liq kuzatib borishayotir. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 10 avgustga qadar davom etadi. 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________