0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Iqtidorli yoshlar bizning faxrimiz

Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, yurt kelajagi va mamlakat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan ulkan zafarlarga daxldorlik hissini shakllantirish oliy ta’lim tizimining muhim omillaridan biridir.

Qarshi davlat universitetida 2018-2019 o‘quv yilida talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 6-bandi ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularidagi ijodiy maqolalar tanlovi;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 25-apreldagi 379-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusidagi insho tanlovi;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 26-yanvardagi 78-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Vatan himoyasi – har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi insholar tanlovi kabi yoshlarni o‘z iqtidorlarini namoyish etuvchi tanlovlar.

Respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovlarda universitetimizning talaba-yoshlari faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 27-maydagi 468-sonli buyrug‘iga asosan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi Abdurahimova Shodiya “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularidagi ijodiy maqolalar tanlovining yakuniy bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi Jabborova Maftuna “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovining Respublika bosqichida “Eng yaxshi insho” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa sazovor deb topildi.

Filologiya fakulteti talabasi 1-bosqich talabasi Xojiyeva Shahnoza “Vatan himoyasi – har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi insholar tanlovining yakuniy bosqichida respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egallab, universitetimiz uchun yana bir quvonchli yutuqni qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________