0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Xushxabar! “Ziyo sadolari” jamoasi respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi!

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishini rag‘batlantirish hamda ularni xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirish maqsadida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tanlovning yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda 16ta hududning oliy ta’lim muassasalaridan kelgan iqtidorli yoshlar o‘zaro bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi, 2-o‘rinni Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi, 1-o‘rinni esa Samarqand davlat universiteti hamda Qarshi davlat universitetining jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari, ko‘rik-tanlov tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari, shuningdek, vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ovoz yozish studiyasidan imtiyozli foydalanish huquqini beruvchi sertifikat bilan rag‘batlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Ziyo sadolari” badiiy jamoasi mazkur tanlovning respublika bosqichida qatorasiga 4 bor ya’ni, 2014-2018 yillarda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Qarshi davlat universiteti jamoasi ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan “Ziyo sadolari” badiiy jamoasi rahbari, musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi L.Pirnazarov hamda talaba-yoshlarni samimiy qutlaydi. G‘oliblik muborak bo‘lsin!

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________