0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Oq yo‘l sizga aziz bitiruvchilar!

Ishonaman, bunday ulkan bunyodkorlik jarayonlari yoshlarimiz ilgari surayotgan loyiha va tashabbuslarni yuzaga chiqarishda, ularning el-yurtimizga fidoyi rahbar va mutaxassis, haqiqiy shaxs bo‘lib shakllanishida beqiyos o‘rin tutadi.

SH.M.Mirziyoyev 

2019 yil 26 iyun kuni universitet bosh binosi oldida 2018-2019 o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilar uchun “Oq yo‘l sizga aziz bitiruvchilar” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘quv ishlari prorektori, professor Y.Eshqobilov kirish so‘zi bilan ochib, barcha bitiruvchi magistrlar, bakalavrlar hamda ularning ota-onalarini tabrikladi, ularning keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i B.Jo‘rayev so‘zga chiqib, universitet bitiruvchi talaba-yoshlari viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida faoliyatlarini muvaffaqiyatli olib borishlari, yoshlar ta’lim-tarbiyasini yanada yuksaltirishda o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildirdi.

Shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor N.Shodmonov, Qarshi shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i O.Tosheva, Magisratura bosqichi bitiruvchisi A.Davronov Filologiya fakulteti bitiruvchisi, A.Navoiy nomidagi davlat stipendianti D.Boymirovalar so‘zga chiqib, barcha bitiruvchilarga va ta’lim bergan barcha ustozlariga, ota-onalarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tiladilar.

Shundan so‘ng 2018-2019 o‘quv yilida tamomlayotgan 54 nafar magistr, bakalavr yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan 33 nafar hamda 12 nafar Turkmanistonlik talabalarga diplomlar va esdalik uchun badiiy kitoblar topshirildi.

Yakunda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

 

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________