0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Pushkin tavalludining 220 yilligiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

2019-yil 6-iyun kuni Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Qarshi davlat universitetining akademik litsey talabalari ishtirokida

mashhur rus shoiri va yozuvchisi A.S.Pushkin tavalludining 220 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirni universitetning Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Hamrayeva kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Tadbir jarayonida Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchilari L.Xalilova, D.Pardayeva, dotsent N.Kurasova so‘zga chiqib Pushkin hayoti va uning kamtarona ijodi ikki xalq madaniy aloqalari rivojiga katta hissa qo‘shganligi haqida so‘zlab o‘tishdi. Aytish joizki,  shoir ijodida Vatan, haqiqat, baxt va quvonch, yoshlik, muhabbat baland notalarda namoyon bo‘lgan. Bugungi kunda umumta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida ham shoir ijodi mukammal o‘rganib kelinmoqda.  Shu kuni tadbirda talabalar o‘zlari yod olgan Pushkin she’rlaridan namunalar o‘qishdi. Tadbir so‘ngida Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari akademik litsey talabalariga A.S. Pushkin va boshqa adiblar qalamiga mansub asarlarni tuhfa qilishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________