0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

Sport oyligi yakunlariga bag‘ishlab taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan ikkinchi bo‘lgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish,

ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-apreldagi “2019-yil may oyining “Sport oyligi” deb e’lon qilinishi hamda sport tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida"gi yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning may oyi mamlakatimizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan. Qarshi davlat universitetida musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga binoan, may oyida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba yoshlar o‘rtasida 10 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 3-iyun sanasida universiteti Yoshlar markazida “Sport oyligi” yakuniga bag‘ishlab taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirni Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov kirish so‘zi bilan boshlab, barcha musobaqa g‘oliblarini tabrikladi. Musobaqa natijalariga ko‘ra Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi mutloq g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘rin Pedagogika fakulteti jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada alohida nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. “Eng yaxshi fakultet” nominatsiyasiga Pedagogika fakulteti loyiq ko‘rildi. “Eng yaxshi sport jamoasi” e’tirofiga Jismoniy madaniyat fakulteti va “Eng yaxshi bo‘lim” nominatsiyasiga universitet xo‘jalik ishchi-xodimlari bo‘limi sazovor bo‘ldi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga universitet rahbariyati tomonidan diplom, estalik sovg‘alari va g‘oliblik kubogi topshirildi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________