0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Ezgulikka xizmat qilayotgan tashabbuslar

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Ana shu tashabbuslarning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish borasida Qarshi davlat universitetida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 1-3 iyun kunlari Xorijiy tillar fakulteti Fransuz tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich 016-25 guruh talabalarining guruh murabbiyi H.Jo‘raqobilova boshchiligida Qarshi shahrida joylashgan “Geolog” sport kompleksiga, Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga, Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatriga sayohat tashkil qilindi. Dastlab sport majmuasiga uyushtirilgan tashrif chog‘ida trener Nargiza Ataullayeva talaba-yoshlarga sport majmuasidagi shart-sharoitlar bilan tanishtirgan holda trenajyor zalidan foydalanish qoidalari xususida tushuncha berdi. Viloyat axborot-kutubxona markaziga uyushtirilgan sayohat ham yoshlar uchun foydadan xoli bo‘lmadi. Chunki kutubxona xodimi Yulduz Bo‘riyeva talabalarga nafaqat kutubxona tarixi, uning boy fondi balki, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxonaning imkoniyatlari, ilmiy izlanuvchilar uchun tashkil etilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Tashrifning so‘ngi manzili Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatriga bo‘ldi. U yerda yoshlar teatrning gullab yashnashi va barkamol ijod maskani bo‘lishi uchun munosib hissa qo‘shgan  ustoz san’atkorlar Farog‘at Raxmatova, Ikroma Boltayeva, Sharif Qobilov, Sur’at Po‘latov, Muhtarama Nosirova, Muharram Fayzullayeva, Mamatqul Jalilov, Raimjon Komiljonov, Majid Mamatov, Bahrom Kamolov, Hayit Mustafaqulov, Yoqub Rajabov, Omon Beganjiyev, Husan Amirqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Bahrom Kamolov, Jamil Ashurov kabi yetuk san’atkorlarning ijod yo‘li haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________