0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Sport oyligi doirasida musobaqalar davom etmoqda

Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan ikkinchi bo‘lgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish,

ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-apreldagi “2019-yil may oyining “Sport oyligi” deb e’lon qilinishi hamda sport tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida"gi yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning may oyi mamlakatimizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan. Qarshi davlat universitetida oylik davomida musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga binoan, bir qancha sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 1-4 may kunlari 9ta fakultet talabalari va universitet xo‘jaligi ishchi xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan musobaqada I-o‘rinni Pedagogika fakulteti, II-o‘rinni Maxsus sirtqi fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi va III-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti jamoalari egalladilar. 2019-yil 6-10 may kunlari universitetning sport sog‘lomlashtirish majmuasida talaba-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqada 9ta fakultet talaba-qizlari g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar. Ko‘tarinki ruhda kechgan musobaqada I-o‘rinni Maxsus sirtqi fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi, II-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti va III-o‘rinni Maktabgacha va boshlang‘iya ta’lim fakulteti talaba qizlari qo‘lga kiritishdi. 13-14 may kunlari universitetning sport sog‘lomlashtirish majmuasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Bahs yakunida I-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti, II-o‘rinni Fizika-matematika fakulteti va III-o‘rinni Pedagogika fakulteti talabalari egallashdi. Musobaqalar davom etmoqda.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________