0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

Odam savdosi – davr muammosi

2019-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 26-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida

Xorijiy tillar fakulteti faollar zalida Qarshi shahar prokuraturasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi hamkorligida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev kun tartibidagi mavzu hamda mehmonlar bilan tadbir ishtirokchilarni tanishtirdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli jirkanch kimsalarning hatti-harakatiga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozimligini ta’kidladi. Shundan so‘ng fakultet dekani f.f.f.d T,Valiyev, Qarshi shahar prokururorining katta yordamchisi, leytenant J.Rahmatov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi mas’ul xodimi Y.Mansurov, fakultet dekanining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari E.Boratov so‘zga chiqib, odam savdosi uyushgan jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish faqatgina sud – huquq organlarining emas, balki keng jamoatchilikning birgalikda, bahamjihatlikda kurashishi lozim bo‘lgan mas’uliyatli vazifa ekanligini, ushbu illatning oldini olishda avvalo, yoshlarimizga diqqat qaratishimiz zarurligini, shu bois, barcha ta’lim muassasalarida mazkur illlatning mazmun-mohiyati, uning mamlakat taraqqiyoti, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri haqida uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganligini ta’kidlashdi. Tadbir yakunida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, odam savdosiga qarshi yanada samarali kurashish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________