0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

Chet tillaridan milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga test sinovlarida yangi imtiyozlar berildi

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda

xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 395-sonli qarori bilan 2019–2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

Xususan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur,italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriatta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun milliy sertifikat yoki Dipl me d Etudes en Langue Fran aise (DELF), Test de Connaissance du Fran ais (TCF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun milliy sertifikat yoki IELTS 4,5, TOEFL IBT 42, Cambridge Assessment English PET xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

yapon tili uchun milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

nemis tili uchun milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

fransuz tili uchun milliy sertifikat yoki Dipl me d Etudes en Langue Fran aise (DELF), Test de Connaissance du Fran ais (TCF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori.

 

Manba: Edu.uz 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________