0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Sil kasalligi ijtimoiy xavf tug‘diruvchi xastalikdir

2019-yil 11-aprel kuni Filologiya fakultetida “Sil haqida suhbatlashamiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori A.Obidov, yoshlar ittifoqi yetakchisi N.Nasrullayev, fakultet dekani v.v.b. T.Kenjayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Xoliqov, guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultet dekani T.Kenjayev kirish so‘zi bilan ochib, ushbu tadbirning mazmun-mohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi hamda sog‘lom turmush tarzi masalasi kishilar salomatligini saqlash va mustahkamlashning asosiy sharti ekanligini va u har bir insonning hayotida alohida o‘rin tutishini aytib o‘tdi. Tadbirda viloyat sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori A.Obidov so‘zga chiqib, sil kasalligi va uning belgilari, kasallikning qanday yuqishi, kasallanish xavfi kimlarda yuqori ekanligini, bu kasallik bilan kasallanganda qayerga murojaat qilish zarurligi, sil kasalligini aniqlash va davolash xizmatlari bepul ekanligi haqida  yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi. Kasallik belgilari haqidagi ma’lumotlar slaydlar, videofilmlar orqali  ko‘rsatildi. Tadbir ishtirokchilari mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yakunda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Xoliqov so‘zga chiqib, sil kasalligi-butun jamiyatning muammosi ekanligini, shuning uchun bu kasallik haqidagi ma’lumot har bir inson uchun muhimligini, fakultetda doimiy ravishda shunday tadbirlarning o‘tkazilib turilishi insonlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashda, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda asosiy zamin bo‘lishini alohida ta’kidladi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________