0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

Botanika va ekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlari tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qilishdi

2019-yilning 12-aprel kuni Tabiiy fanlar fakulteti dekani b.f.n. B.Boysunov hamda Botanika va ekologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi b.f.f.d. M.Bo‘ranovalar G‘uzor tumanidagi o‘zlari tahsil olgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Bu yerda maktab o‘quvchilari bilan dildan suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida b.f.n. B.Boysunov so‘zga chiqib, ilm sohiblari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni tobora oshib borayotganligi haqida to‘xtaldi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida beshta muhim yo‘nalishdagi tashabbusni ilgari surish asnosida navqiron avlod o‘rtasida kitob mutolaasiga mehrni kuchaytirish maqsadida har bir rahbar o‘zi o‘qigan maktabga kitob sovg‘a qilishiga da’vat etgan edi. Shu ma’noda bugun Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ushbu xayrli tashabbusni to‘la qo‘llab-quvvatlagan holda, xalqimizning ma’naviyatini boyitish, yosh avlodning mutolaaga qiziqishini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Davra suhbatida b.f.f.d. M.Bo‘ranova tomonidan yosh avlodning kitobga mehrini oshirish, ularni mutolaaga qiziqtirish ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi bo‘lmog‘i lozimligi ta’kidlanib, buning uchun nafaqat ziyolilar, balki barchaning namuna bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek, kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi bo‘lmaydi. Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga turli adabiy-badiiy asarlar sovg‘a qilindi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________