0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

Shonli taqdirlarning shonli siymosi

2019-yil 11-aprel kuni universitet faollar zalida Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan “Shonli taqdirlarning shonli siymosi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda universitet professor-o‘qituvchilari hamda Tabiiy fanlar fakulteti birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Tadbirni universitet ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev kirish so‘zi bilan boshlab xalqimiz tarixidagi eng ulkan va yorqin siymo, shavkatli sarkarda, ma’naviyat va ma’rifat homiysi bo‘lgan Amir Temurga dunyo hamjamiyati hamisha yuksak ehtiromda ekanligidan faxrlanishimiz lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Amir Temur olimlar, faylasuflar, me’morlar, shoirlar, hofizu mashshoqlarga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, temuriylar davrini ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta’minlagan Sharq uyg‘onish davriga aylantira olgan benazir inson bo‘lgan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Sohibqiron nafaqat o‘z davridagi eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, balki Osiyo va Yevropa qit’alarida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan Shaxs ekani xususida to‘xtalib o‘tishdi. Talaba-yoshlar ijrosida sahnaviy chiqishlar, diltortar navolar tadbirga fayz ulashdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________