0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Talaba qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi

Talaba qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida shu yilning 13-aprel kuni Tabiiy fanlar va Pedagogika fakultetlari 1-bosqich talaba qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Ushbu musobaqani fakultetlararo Jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari SHerzod Akbarov, Sarvar Bahodirov, Shokir Nurov, Olim Norov hamda Tabiiy fanlar fakulteti mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi o‘qituvchisi A.Rahimovdan iborat hakamlar hay’ati a’zolari adolat mezonlariga amal qilgan holda baholab borishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahs natijasiga ko‘ra Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich 018-60 guruh talaba qizlari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan talaba qizlar taqdirlandi

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________