0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Tarjimonlik-yuksak san’at

Badiiy tarjima muammolari tarjimashunoslik va adabiyotshunoslikda san’atning maxsus turi sifatida keng o‘rganilmoqda. Badiiy tarjima texnik tarjimaga qarama-qarshi qo‘yiladi va u o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Birinchidan, badiiy tarjima erkin amalga oshiriladi. Ikkinchidan, badiiy adabiyot tarjimasida ko‘proq tarjima qilish murakkab bo‘lgan birliklar tarjimasiga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Uchinchidan esa, badiiy tarjima ko‘proq tarjimonning o‘ziga va uning mahoratiga bog‘liqligi bilan asoslanadi. 2019-yil 11-aprel kuni Nemis tili va adabiyoti kafedrasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Tarjimon va tarjimachilik mahorati” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi. Unda kafedra katta o‘qituvchisi Shahnoza Quvonovaning nemis tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan tarjima asarlari, tarjimonlik mahorati, ijodiy faoliyati xususida so‘z bordi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi a’zosi, yosh tarjimon Azizbek Norov, kafedra dotsenti G‘ulom Xo‘jayev va kafedra mudiri Alisher Mahmudov so‘zga chiqib Shahnoza Quvonovaning tarjimonlik san’ati borasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlarini e’tirof etishdi. Shu kuni tadbirda talabalar tomonidan nemis va o‘zbek tillarida kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan tarjima asarlardan namunalar o‘qilib, tarjimon Sh.Quvonovaga tarjima jarayoni bilan bog‘liq qiziqarli savollar bilan murojaat qilindi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________