0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

Prezident tashabbusi amalda: rahbarlar o‘zi o‘qigan maktablarga kitob sovg‘a qilishmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga to‘xtalib,

har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan edi.

Ushbu ezgu tashabbus yurtdoshlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ayni paytda korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddilar tomonidan maktablarga kitoblar sovg‘a qilinmoqda.

Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Alisher Mahmudov 2019-yil 10-aprel kuni o‘zi o‘qigan Koson tumanidagi 75-o‘rta umumiy ta’lim maktabiga tashrif buyurib o‘quvchilarga 100 dona yangi nashr etilgan badiiy adabiyotlar, darsliklar, xususan o‘zining nemis tili fani bo‘yicha yozgan o‘quv qo‘llanmalarini sovg‘a qildi.

Alisher Mahmudov davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan bu amaliy tashabbus eng avvalo, o‘sib kelayotgan yoshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shu kuni maktabning “Ma’naviyat–ma’rifat” xonasida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Mening sevimli kitobim” nomli sotsiologik so‘rovlar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovlar o‘tkazish orqali ularning kitob maxsulotlari turiga bo‘lgan qiziqishi va talabi o‘rganildi. 

  

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________