0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!

Ichki turizm yo‘nalishida yoshlarimizni yurtimizning diqqatga sazovor joylari, go‘zal tabiati, betakror madaniy meros obyektlari va muqaddas qadamjolariga tashrifini tashkil etish orqali ularning boy tariximiz, ilm-ma’rifat va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi tushunchalarni yanada oshirish maqsadida

2019-yil 7-aprel kuni Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 018-62 guruh talabalari guruh murabbiysi I.Sattorova boshchiligida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi. Ushbu sayohat davomida talaba-yoshlar Registon maydoni, Bibixonim, Go‘ri Amir maqbaralari, Shohi Zinda, Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Dovud ziyoratgohi kabi qadimiy obidalar bilan tanishdilar.Samarqand shahriga ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha turistik sayohatni amalga oshirish va talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan sayohat uyushtirildi. Mazkur sayohat yoshlarimizda Vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish, buyuk bobolarimizdan qolgan meroslarni asrab-avaylashga bo‘lgan hissini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 

 

Buxoro-tabarruk zamin. Azal-azaldan turli savdo yo‘llari, madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan bu ko‘hna go‘shaning ohanrabosi, ko‘rku tarovati insonni doimo o‘ziga chorlab turadi. Fizika-matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi M.Musurmonova rahbarligida Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 1-kurs 018-53-guruh talabalari tomonidan shu yilning 7-aprel kuni Buxoro viloyatiga sayohat tashkillashtirildi. Buxoro – o‘rta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘zida saqlagan “Muzey shahardir”. Kun boshida  “Sayyid Amir Kulol” me’moriy majmuasi ziyorat qilindi. So‘ngra Buxoro shahridagi tarixiy qadamjolar: Buxoro Arki, Poyi Kalon me’moriy majmui, Masjidi Kalon, Miri Arab madrasasi, Labi Hovuz, Ko‘kaldosh madrasasi, Bahouddin Naqshband majmuasi, Chor Bakr, Nodir devonbegi madrasasini borib ko‘rishdi. Arkda joylashgan o‘lkashunoslik muzeyida talabalar shahar tarixi, milliy urf-odatlar va an’analar to‘g‘risida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Sayohat unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli Qarori ijrosi hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish(o‘zbek tili) yo‘nalishi 2-bosqich 017-7 guruh talabalari dotsent Sh.Bobojonov rahbarligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ko‘hna va navqiron Shahrisabz shahriga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida yoshlar Amir Temur xiyoboni, “Oqsaroy” memorial majmuasi, Ko‘k gumbaz masjidi kabi 10dan ortiq tarixiy yodgorliklar bilan tanishdilar. Shu kuni mahobatli Amir Temur haykali oldida “Vatanning daho xaloskori” mavzusida ma’naviyat soati tashkil qilindi. Albatta bunday sayohatlar qadimiy ajdodlarimizga mos va xos avlod bo‘lish tuyg‘ularini yanada mujassamlantiradi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________