0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Universitet prorektori kitob ulashdi

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan kitob aksiyasida universitet rahbarlari ham faol ishtirok etmoqda. Joriy yilning 7-aprel kuni Qarshi davlat universiteti o‘quv ishlari prorektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Eshqobilov Yusup Xalbayevich o‘zi tahsil olgan Qamashi tumanidagi 6-son maktabiga tashrif buyurib maktab kutubxonasiga shaxsiy kutubxonasidan o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari hamda o‘quv adabiyotlari sovg‘a qildi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________