0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Odam savdosi – davr muammosi

2019-yil 11-fevral kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirni universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish qatnashchilariga yig‘ilish kun tartibi va ma’ruzachilarni tanishtirdi.

Tadbirda Qarshi shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimi, katta leytenant F.Axmurodov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassisi L.Qambarov, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi Z.Boymurodov odam savdosi va uning salbiy oqibatlari haqida ma’ruza qildilar.

Talabalar-yoshlardan Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi Rashidova So‘g‘diyona va Xorijiy tillar fakulteti 1-kurs talabasi Tillayeva Mohinisolar ham so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________