0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Navoiy nazmiga oshifta dillar

8-fevral kuni 5-talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlab “Navoiy nazmiga oshifta dillar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Filologiya fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Xoliqov, tilshunoslik kafedrasi dotsenti Sh. Bobojonov, 5-TTJ pedagog-tarbiyachisi S. Mo‘minov ma’ruza qilishdi. Ustozlar tomonidan Navoiyning badiyati va shaxsiyati xususida qilingan ma’ruza talabalar uchun katta ma’naviy ozuqa bo‘ldi. Mazkur ma’rifiy tadbirda talabalar tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Ayniqsa, ijodkor talabalar tomonidan Navoiyga bag‘ishlab yozgan she’rlari aytilganda kecha yanada jonlandi. Pedagogika fakultetining musiqa yo‘nalishidan tashrif buyurgan talabalar tomonidan Navoiy g‘azallari kuyga solib aytilganda barchani birdek sehrlab oldi. Bir so‘z bilan aytganda ushbu tadbir unutilmas taassurotlar bilan yig‘ilganlar ko‘nglida uzoq vaqt saqlanib qolsa ajab emas.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________