0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Kitob-inson ma’naviy xazinasining eng buyuk durdonasi

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish

hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi PF-4789-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalarida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, talabalarda kitob mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida Qarshi davlat universitetida turli ko‘rik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.  2019-yil 7-fevral kuni Fizika-matematika fakulteti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining universitet boshlang‘ich tashkiloti Kengashi hamkorligida fizika yo‘nalishi 018-44, 017-39, 017-40, 015-42, 015-41 guruhlari talabalari o‘rtasida “Kitob-bilim va ma’naviyat bulog‘i” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini fizika kafedrasi mudiri dotsent B.Qo‘yliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda shuningdek, kafedra o‘qituvchilari L.Meyliyev, U.Turdiyev, J.Xo‘jamberdiyevalar so‘zga chiqib kitob o‘qish inson ma’naviyatiga naqadar ulkan ta’sir ko‘rsatishi, kitob inson ma’naviy xazinasining eng durdona boyligi ekanligi borasida ma’ruza qildilar. Davra suhbatida talabalar o‘zaro kichik guruhlarga bo‘lingan holda badiiy asarlarni yaratilish tarixi va unda ilgari surilgan g‘oyalarni tahlil qilish asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir so‘ngida kichik guruhlardan faol qatnashgan talabalar Rahmatilla Ergashev, Zilola Chavqayeva, Bekzod Bekmurodov, Nodira Jo‘rayevalar esdalik sovg‘alari va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________