0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“O‘zbekistonda ayollar salomatligi va sportiga e’tibor”

Joriy yilning 11-fevral kuni Jismoniy madaniyat fakulteti binosida “O‘zbekistonda ayollar salomatligi va sportga e’tibor” mavzusidagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Jismoniy madaniyat fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulruh Raxmonova, Jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabalari kurash bo‘yicha jahon  chempioni  Navbahor Elomonova, suzish bo‘yicha  O‘zbekiston chempioni  Lola Jo‘rayevalar so‘zga chiqdilar. Bugungi kunda davlatimiz rahbari rahnamoligida bunyod etilgan sport inshootlarida xotin-qizlarning sport bilan shug‘ullanishlari va salomatliklarini tiklashlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, futbol, sport tennisi, sport gimnastikasi, suzish, sharqona yakkakurash kabi sport turlari xotin-qizlar orasida tobora ommalashmoqda. Vohada qizlar o‘rtasida badiiy gimnastikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shahar-u qishloqlarimizda xotin-qizlarning bemalol sport bilan shug‘ullanmoqdalar, ayol murabbiylarning faoliyati kengaymoqda. Shuni ham alohida e’tirof etish kerakki, mamlakat, qit’a, jahon va Olimpiada musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchi ayollarimizning ko‘payib borayotgani aholi o‘rtasida ushbu sohaga bo‘lgan qiziqish ortayotganidan, yurtimizda sportning keng ommalashayotganidan darak beradi. Tadbirda ayni islohotlar xususida so‘z bordi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________