0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Sharq javohiri-Mir Alisher Navoiy

2019-yil 8-fevral kuni Fizika-matematika fakulteti 3-talabalar turar joyida universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol a’zosi S.Bekmurodova tashabbusi bilan

Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi va universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bagishlangan “Sharq javohiri-Mir Alisher Navoiy” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari B.Daminova, D.Saidova, M.Musurmonova, 3-TTJ pedagogik tarbiyachisi Sh.Akbarov, universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zosi Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 4-kurs talabasi S.Bekmurodova, 018-53 va 018-54 hamda 017-48-guruh talabalari, Qarshi davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey 1-kurs talabasi Z.Qaynarov, 3-TTJda yashovchi talabalar ishtirok etishdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi B.Daminova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zosi Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 4-kurs 015-88-guruh talabasi S.Bekmurodova 9-fevral buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan buyuk bobomiz faoliyati to‘g‘risida gapirib, shoirning asarlaridan parchalar keltirib o‘tdi. Talabalarning davra suhbatida faol ishtirok etishlari maqsadida shoirning asarlari va hayot faoliyati to‘g‘risidagi savol-javoblardan tuzgan viktorinasini o‘tkazdi.

Qarshi davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey 1-kurs talabasi Z.Qaynarov Navoiyning g‘azal va qit’alaridan o‘qidi.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar kitob va estalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________