0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish!

2019-yilning 7-fevral kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi birinchi va ikkinchi kurs talabalari ishtirokida

“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani muovinlari N.Eshqorayeva, A.Ochilov va Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvaffiqlashtirish bo‘limi, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, mayor X. Xazratov, Qarshi shahar tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant Sh.Agoyev, Qarshi shahar IIO FMB XPB VE va YOYHPTEG katta inspektori, mayor D.Mirzayevalar hamda kafedra professor-o‘qituvchilaridan O.Shukurova, F.Shodiyev, I.Razzoqovlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Fizika-matematika fakulteti dekani muovini A.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra, Qarshi shahar tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant Sh.Agoyev “Yoshlar jinoyatchiligi, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari” mavzusida talabalarga aniq faktlarga tayangan holda axborot berdi. Jumladan, huquqbuzarliklar o‘z-o‘zidan sodir etilmaydi, huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki uning oldini olish, zarur. Davlatimiz rahbari tomonidan har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tumanlarda jinoyatchilikning oldini olish borasida alohida chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani va ijroga qaratilgani o‘zining ijobiy natijasini berayotgani haqida batafsil gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng, Qarshi shahar IIO FMB XPB VE va YOYHPTEG katta inspektori, mayor D.Mirzayeva “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida talabalarga aniq misollar keltirgan holda ma’lumot berdi. Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________