0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Mangulikka muhrlangan shoir va mutafakkir

2019-yil 6-fevral kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida ulug‘ mutafakkir, buyuk shoir Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati

“Mangulikka muhrlangan shoir va mutafakkir” mavzusidagi  adabiy – badiiy, ma’naviy-ma’rifiy va musiqiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab universitet ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev mazkur tadbirning ahamiyati, yoshlar ma’naviy-ma’rifiy qiyofasi shakllanishidagi o‘rni haqida so‘zladi. Mazkur tadbirda Navoiy ijodini yoshlarga yanada mukammal tanishtirish, buyuk shoir xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, ulug‘ zot qoldirgan merosni nafaqat o‘rganish, balki dunyo xalqlariga ham “ulashish” kabi ezgu maqsadlar silsilasida Adabiyotshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori D.To‘rayev “Navoiy va zamonamiz”, mazkur kafedra professori, filologiya fanlari doktori B.Yo‘ldoshev “Navoiy ijodida insoniylikning badiiy ifodasi”, filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi, Navoiy stipendiyasi sovrindori Doston Abatov “Navoiy ijodida ruhiyat tasviri” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Tadbirda Adabiyotshunoslik kafedrasi qoshidagi “Ijod gulshani” to‘garagi a’zolari  Navoiy ijodidan namunalar o‘qidilar. Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari esa Navoiy g‘azallarini shirali ovozlari bilan kuyga solishdi, “Farhod va Shirin” dostonidan parchani sahnada namoyon etishdi.

Professor D.To‘rayev mazkur tadbirning mohiyatini ta’kidlab, tadbirga yakun yasadi. Xulosa qilib aytganda, tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

   

2019-yil 8-fevral kuni Qarshi politexnika kasb-hunar kollejida Qarshi davlat universiteti Kasbiy ta’lim kafedrasi 5111000 – Kasb ta’limi (5310600 – Yer usti transporti tizimlari va ularni ekspulatatsiyasi) yo‘nalishi 3-kurs amaliyotchi talabalari va kollej o‘quvchilari ishtirokida ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag‘ishlab, “G‘azal mulkining sultoni” mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda kollej direktori M.Kattayev, bo‘lim boshlig‘i I.Jumayev, Kasbiy ta’lim kafedrasi dotsenti G‘.Halimov, o‘qituvchilardan K.O‘roqov, I.Qosimov, M.Suvonova  hamda kollej o‘qituvchilari va amaliyotchi talabalar qatnashdilar. So‘zga chiqqan ishtirokchilar Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, asarlari, qarashlari haqida o‘z-fikr mulohazalarini bildirdilar.

Amaliyotchilardan U.Ibodullayev, I.Yigitaliyev, B.Xolmamatov, M.Ovlayev, X.Xujaqulov kabi  talabalar faol qatnashib, “Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi”, “Buyuk mutafakirning boqiy qarashlari”, “Navoiy – tabobat bilimdoni”, “Hamsa” asari haqida, “Alisher Navoiy g‘azallarida bunyodkorlik va yurt obodonligining talqini” mavzularida chiqishlar qilishdi. Tadbir davomida ta’kidlanganidek Mir Alisher Navoiyning asarlaridagi axloqga doir fikrlar, barcha davrlar uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan qarashlari, yoshlarni bilim olishga undagani holda, ularni qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini singdirishga yordam beradi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________