0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Abdulla Oripov nomidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga ekskursiya uyushtirildi

Qarshi Davlat Universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi 16-30-guruh hamda 018-28-guruhi talabalari

2019-yil 8-fevral kuni Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdilar. Sayohatdan ko‘zlangan maqsad: Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan o‘zbek she’riyatiga yana bir nazar tashlash, xususan uning izdoshlaridan biri bo‘lgan Abdulla Oripov ijodi, uning she’riyatidagi Navoiyga ehtirom mavzusini talqin etishdan iborat bo‘ldi. Sayohat davomida maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati ham tashkil etildi. Davra suhbatida maktabning iqtidorli o‘quvchilaridan Gulinur Rajabova, E’zoza Alisherova,  Sevinch Omonova talabalarga Alisher Navoiy va Abdulla Oripov she’rlaridan namunalar aytib berishdi. Shu qatorda 016-30-guruh talabalaridan Dilorom O‘tayeva, Mohinur Abdushukurova, Gulbahor Ubaydullayeva va 018-28-guruhi talabalari Dildora Jovliyeva, G‘olib Toxirov, Farangiz To‘rayeva tomonidan aytilgan she’rlar ham davra suhbati qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Davra suhbati yakunida 016-30 guruh rahbari N.Oripova hamda 018-28 guruh rahbari M.Muxammadiyeva so‘zga chiqib bunday davra suhbatlarini muntazam o‘tkazib borish lozimligini va she’riyatning  yoshlar ma’naviyatiga ko‘rsatadigan beqiyos ta’siri haqida fikr bildirishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________