0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU

Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkillashtirish mavzusida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining 2018-yil 28-dekabrdagi “Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish

hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarda malakasini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni” bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 31-dekabrdagi 87-03-4548-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 8 yanvar kuni Xorijiy tillar fakulteti faollar zalida fakultet professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkillashtirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.Bozorovning “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkillashtirish” mavzusida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Qodirovning “Uch bosqichli ma’naviy tarbiya konsepsiyasining barkamol jamiyatni shakllantirishdagi ahamiyati” mavzusida, “Diniylik va dunyoviylikning o‘ziga xos hususiyatlari” mavzusidagi video darslari tinglandi. Tadbirda so‘z olgan professor-o‘qituvchilar o‘tkazilgan tadbir ularga manzur bo‘lganligini, namoyish etilgan video darslardan olingan ma’lumotlar yoshlarni tarbiyalashda dasturilamal bo‘lishini ta’kidladilar.

Ayni mazkur tadbir Tarix va ijtimoiy fanlar fakultetida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani, professor B.Eshov kirish so‘zi bilan ochdi. Videodarsda Toshkent Islom instituti rektori U.G‘ofurovning “Diniy va dunyoviy tamoyillarni o‘zaro uyg‘unligi, dunyoviylik dahriylik emas” mavzusidagi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviyat-ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i O.Bozorovning “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Mazkur tadbirda fakultetdan 87 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

 

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________