0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qarshi davlat universitetida “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida seminar tashkil etildi

2019-yil 7-8 yanvar kunlari universitet faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 87-03-4549-sonli xati hamda

Qarshi davlat universiteti rektorining 2019-yil 3-yanvardagi 940-I-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda fakultetlar kesimida barcha professor-o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etdi. Seminarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Xolmirzayev tomonidan taqdimot materiallari asosida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, davlatimiz rahbarining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlar, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari soni va qabul kvotalari, yangi tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari, oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlik modeli, O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi, oliy ta’limni rivojlantirishning innovatsion ekotizimi, professor - o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, milliy reyting tizimi va uning indikatorlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________