0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Hamkorlikdagi tadbirlar ko‘zlangan natijaga erishishning muhim omilidir

Qarshi davlat universiteti Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari psixologlari uchun

“O‘smirlik davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari” mavzuida seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil qilindi. Shu yilning 7-yanvar kuni ushbu tadbir Qarshi shahri, Dehqonobod, Mirishkor, Kasbi, Qarshi va G‘uzor tumanlarida o‘tkazildi. 8 yanvar kuni viloyatning Chiroqchi, Yakkabog‘, Kitob, Shahrisabz kabi shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tdi. O‘smirlik yoshida dunyoqarash, e’tikod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi xususiyatlar shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi. Tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda asosiy e’tibor o‘smir shaxsini tarkib topshirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish kabi xususiyatlarga qaratildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________