0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish – eng muhim masalalardan biridir.

Sh.M.Mirziyoyev

Xabaringiz bor, 2018-yil 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi “O‘zbekiston24” va “O‘zbekiston” telekanallari orqali bevosita efirga uzatildi. Murojaat 2018-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar va mamlakatni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. 2019-yil 4-yanvar kuni universitet faollar zalida Murojaatnoma mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda barcha bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari qatnashdi. Yig‘ilishda universitet rektori, professor B.A.Shoimqulov davlatimiz rahbarining parlamentga navbatdagi Murojaatnomasida ustuvor vazifalar belgilangan asosiy yo‘nalishlar sifatida: ijtimoiy soha, zamonaviy va oqilona boshqaruvni joriy etish, sud-huquq sohasini takomillashtirish, shuningdek mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish tilga olinganligini aytib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlari bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish o‘tgan davrda 9-10 foiz darajasida bo‘lib kelayotganligini, so‘nggi ikki yilda bu raqam 15 foizdan oshganligini, lekin, dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 60-70 foizni tashkil etishini ta’kidlab, Prezidentimiz tomonidan 2019-yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish, Oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko‘paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish, Oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish–muhim vazifa sifatida belgilaganligini e’tirof etdi. Seminarda Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor S.Choriyev Prezident murojaatnomasida keltirib o‘tilgan har bir maqsad va vazifalarga alohida to‘xtalib, tushuntirish bo‘yicha aniq ma’lumotlar keltirdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________