0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 018-60-guruhida “Universitet-talaba- ota-ona” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

2018-yilning 25-dekabr sanasida Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 018-60-guruhida “Universitet-talaba-ota-ona” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda 018-60-guruh rahbari A.Raximov boshchiligida guruh talabalari va ularning ota-onalari qatnashdilar. Kun tartibidagi masala yuzasidan guruh rahbari A.Raximov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ilm olish uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligini, test-sinovlarida butunlay shaffoflik ta’minlanib iqtidorli yoshlar o‘z bilimlari asosida talabalikka qabul qilinganligini, endilikda asosiy maqsad talabalarni dars jarayonlariga to‘liq qatnashishi, universitetning ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini ta’minlanib, ularning bilimlarini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, guruh talabalar orasida S.Rashidova, Z.Isoqova, M.Boysunova, I.Boitova, M.Karimov, Sh.Himmatqulov, S.Shoyqulovalar darslarga faol qatnashish bilan birga ko‘plab badiiy kitoblar mutoala qilayotganligini mamnuniyat bilan e’tirof etib o‘tdi.

Davra suhbatida talabalar ota-onalaridan Normeyli Muhammadiyev, Marhamat Tursunqulova va Azimboy Mirzayevlar so‘zga chiqib farzandlarining mustahkam bilim olishlari maqsadida yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________