0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Yangi yil yangi orzular, quvonch demakdir

2018-yil 27-dekabr kuni Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan kirib kelayotgan yangi 2019-yilga bag‘ishlab ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Bayramona tadbirni fakultet dekani F.Eshpo‘latov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng davraga Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari taklif etildi. Ular talabalarni yangi yil bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etdilar.

Shu kuni bayram tadbirida Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari talabalar bilan birgalikda turli sahna ko‘rinishlari va qiziqarli shartlar asosida tashkil etilgan o‘yinlarda faol ishtirok etdilar. Tadbir yakunida 2018-yilda intizomi, bilimi bilan kursdoshlariga namuna bo‘layotgan talabalar hamda ularning ota – onalariga fakultet ma’muriyati  tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________