0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Mardlik va jasorat” darslari yoshlarni vatanparvarlikka chorlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda

Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2018-yil 15-dekabrdan 2019-yil 15-yanvarga qadar o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturi tasdiqlangan edi. Ushbu Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi harbiy qismlardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim mudiri, mayor I.Abduxoliqov va Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti Kengashi raisi R.Parmonov hamkorligida Qarshi shahridagi akdemik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” degan umumiy g‘oya ostida “Mardlik va jasorat” darslari tashkil etildi. Mazkur vatanparvarlik ruhidagi darslarni Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan muddatli harbiy xizmatni o‘tab o‘qishga qabul qilingan yoshlar o‘tib berdilar. Darslarda yoshlarga Ona-Vatanga xizmat qilishning oliy burchligi, Vatanga sadoqat, muhabbat tuyg‘ularining naqadar ulug‘ligi va shu bilan birga harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga beriladigan imkoniyatlar va “Jasorat” klubi xususida fikrlar berildi.

“Mardlik va jasorat” darslari akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari yoshlari bilan savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________