0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligi kafolati

Qonun ustuvorligi hamda inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan 2018-yil 6-dekabr kuni universitet faollar zalida Viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi bilan hamkorlikda

“Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligi kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida  inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi haqida so‘zladi.

Shuningdek tadbirda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti X.Maxmanova, Viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi yuridik bo‘limi mudiri Sh.Sattorovlar so‘zga chiqdilar.

Mustaqil yurtimizda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan shu kabi islohotlar xalqimizning buguni va kelajagining ishonchli asoslarini belgilab bermoqda. Uning huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xizmat qilmoqda. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugun Konstitutsiya to‘g‘risida, uning ma’no-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida gapirar ekanmiz, asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatlarining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yilganini yana bir marta ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________