0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Konstitutsiya - baxtimiz qomusi!”

Bilamizki, 8-dekabr sanasini har yili ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish odat tusiga aylangan.

Negaki, bu sanada mustaqil O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992-yildan beri bu kun respublikamiz siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda

2018 yil 6-dekabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan talabalar turar joyida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi!”   nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unda so‘z olganlar Konstitutsiya mamlakatimizda davlat hokimiyatini demokratik asoslarda shakllantirishga va nodavlat tuzilmalar faol ishtirokini ta’minlashga imkoniyat yaratib berganligi, unga ko‘ra, endilikda ijroiya hokimiyati organlari shakllanishida siyosiy partiyalar faol ishtirok etib, hukumatning umumdavlat dasturlari yaratilishida bevosita ishtirok etayotganliklarini, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida o‘tkazilayotgan izchil islohotlar o‘z samarasini berib kelayotgani haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Shu kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ham  “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati!” mavzusida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda Milliy g‘oya, huquq ta’limi va ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchi S.Niyozov so‘zga chiqib quyidagilarni ta’kidladi: “Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o‘z konstitutsiyasiga ega emas. To‘g‘ri, ularda konstitutsiya o‘rnini boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar bajarishi mumkinki, konstitutsiya deb atalmish qat’iy belgilab qo‘yilgan qonun-qoidalar majmuasiga ega emas. O‘zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi kishini quvontiradi”.

Tadbirdan yetarlicha ma’naviy ozuqa olgan talabalar, konstitutsiyaning o‘z hayotlarida tutgan o‘rni, uning baxtimiz qomusi ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldilar.

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________