0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Hamkorlik doirasida mahorat darslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, dekabr oyining birinchi haftasida hamkorlik shartnomasi doirasida ma’ruzalar o‘qish uchun Qarshi davlat universitetiga Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetidan bir guruh professor o‘qituvchilar taklif etilgan edi.

Ayni damda ular ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti o‘qituvchilaridan dotsent Danilenko Anjela Pavlovna 5 dekabr kuni Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari uchun “Akvarelda natyurmortni bajarish bosqichlari” mavzusida mahorat darsni o‘tkazdi. Mahorat darsida universitet talabalaridan tashqari Qarshi san’at kolleji o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

Mahorat darsida natyurmortni qalam tasvirini bajarishda: natyurmortga nisbatan qog‘ozning joylashuv holatini aniqlash, natyurmort joylashgan ufk chizig‘ini aniqlash, natyurmort elemenlari nisbatlarini aniqlash, natyurmort elementlarining qaysi planda joylashganligini aniqlash, yordamchi chiziqlar orqali natyurmort elementlarini joylashtirish bosqichlari ham nazariy tushunchalar ham amaliy ishlanma bilan birgalikda amalga oshirildi va talaba yoshlarning bu sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan mahorat darsida talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Muromseva Olga Vasilyevna xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo‘nalishi 2-3 kurs rus guruhlarida umumiy pedagogika fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

Mashg‘ulot mavzusi “Belgorod davlat universiteti ta’lim mazmuni” deb nomlanib, olima ma’ruza mashg‘ulotini qiziqarli tarzda tashkil qildi. Mazkur mashg‘ulotlarda pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari ham tajriba almashish maqsadida darsda ishtirok etdilar. Ikkinchi mashg‘ulot mavzusi “Maktabda darsdan tashqari faoliyat” deb nomlanib, Olga Vasilyevna Belgorod maktablarida o‘quvchilarni darsdan tashqari  bo‘sh vaqtlarini qiziqarli tashkil etilishi uchun oliy o‘quv yurtida talabalar bilan olib boriladigan metodik ishlar haqida gapirdi. Bundan tashqari Muromseva Olga Vasilyevna seminar-trening, dars munozara mashg‘ulotlarini tashkil qildi. Darslarda Pedagogika kafedrasi mudiri A.Soxibov, p.f.n, dots. O.Xaydarova, p.f.n. G. Eshmurodava, o‘qituvchi N. Xo‘jayorovalar ishtirok etilar. Bu darsni olima amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tdi. Darsda interfaol metodlarni qo‘llab talabalarni darsga qiziqtirdi. Dars oxirida talabalarni qiziqtirgan savollarga Muromseva Olga Vasilyevna asosli misollar bilan javob qaytardi. 

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________