0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qarshi davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Biz iste’dodli, fidoyi bolalarimiz,

farzandlarimizga bilim va kasb

cho‘qqilarini zabt etish uchun

qanot berishimiz kerak.

Sh.M.Mirziyoyev 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2018-yil 4-iyulda “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan vazirliklar,

idoralar, xo‘jalik birlashmalari, hokimliklar rahbarlarining vazifalari va shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda talaba-yoshlar hamda yosh o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

2018-yil 4-dekabr kuni universitet faollar zalida Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov rahbarligida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, dots.N.Xolmirzayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev, universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi T.Valiyev, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet Kengashi a’zolari va barcha akademik guruhlar yetakchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni universitet rektori, professor B.Shoimqulov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu tadbir universitet rahbariyati, shaxsan rektor va talaba-yoshlarning samimiy, ochiq muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazilayotganligini ta’kidladi.

B.Shoimqulov bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib, universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirish va uni zamonaviy bosqichga olib chiqishda talaba-yoshlardan faollik, tashabbuskorlik va albatta, mehnatsevarlik talab etilishini aytdi. B.Shoimqulov talaba-yoshlarga murojaat qilib, talabalarning bevosita universitet rektori bilan bemalol muloqotga kirishishlari uchun rektorning Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan guruhga kirib, o‘zlarini qiziqtirgan tashabbuslari, takliflari, savollari, mavjud muammolari va boshqa masalalarda bog‘lanishlari mumkinligi haqida gapirdi.

B.Shoimqulov bugungi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida to‘xtalib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor jahonda yuz berayotgan turli notinchliklar va kelishmovchiliklardan xulosa chiqargan holda hech qayerga va hech qaysi yo‘lga og‘ishmasdan, o‘z milliy tanlab olgan yo‘limizdan davom etishimiz hamda mamlakatimiz istiqboli yo‘lida o‘zimizning halol mehnatimiz bilan munosib hissa qo‘shishimiz lozim deb ta’kidladi.

  

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________